Facebook nomini özgartirişni rejalaştirmoqda

Facebook nomini özgartirişni rejalaştirmoqda

Facebook kompaniyasi kelasi hafta öz nomini özgartirmoqçi. Bu haqda “The Verge” naşri xabar bergan. 

Taʼkidlanişiça, yangi nom korporatsiyaning şu nomli ijtimoiy tarmoğidan taşqari 
Instagram, WhatsApp va Oculus xizmatlarini ham aks ettirişi kerak. 

Facebook boş direktori Mark Tsukerberg joriy yilning 28 oktyabr kuni bölib ötadigan Connect yillik konferentsiyasida rebrending haqida batafsil maʼlumot berişi kutilmoqda. Biroq, yangi nom oldinroq eʼlon qilinişi mumkinligi istisno qilinmayapti. Hozirça esa nom qatʼiy maxfiylikda saqlanmoqda, uni hatto korporatsiya rahbariyatining barça aʼzolari ham bilmaydi. 

Qayd etilişiça, yangi nom Facebook’ning yangi virtual ofis ilovasi Horizon bilan boğliq bölişi mumkin. Kompaniyaning özi hozirça nom özgarişi mumkinligi haqidagi maʼlumotga izoh bermagan. 

×