AQŞ 6 ming talaba vizasini bekor qildi

AQŞ 6 ming talaba vizasini bekor qildi

AQŞ Davlat departamenti 6000 dan ortiq xalqaro talabaning vizasini bekor qildi. Bunga ularning mamlakat qonunlarini buzişi va vizaning amal qiliş muddatidan oşib ketişi sabab bölgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rasmiylarning taʼkidlaşiça, qoidabuzarliklarning katta qismi tajovuz, mast holda transport boşqariş, öğirlik va "terrorizmni qöllab-quvvatlaş" kabi huquqbuzarliklar bilan boğliq. Şu bilan birga, "terrorizmni qöllab-quvvatlaş" atamasi ostida nimalar nazarda tutilgani aniq oçiqlanmadi. Tramp maʼmuriyati Falastinni qöllab-quvvatlaş uçun norozilik bildirgan ayrim talabalarni ham antisemitizmda ayblab, nişonga olgan edi.

Bekor qilingan vizalarning qariyb 4000 tasi turli huquqbuzarliklar uçun, yana 200–300 tasi esa "INA 3B" bandi doirasida "terrorçilik faoliyati" bilan boğliq ayblovlar tufayli bekor qilingani bildirildi. Uşbu kodeks "inson hayotiga xavf tuğdiruvçi yoki AQŞ qonunlarini buzuvçi" harakatlarni terrorçilik sifatida belgilaydi.

Tramp maʼmuriyati xalqaro talabalar uçun viza jarayonlarini ham keskin kuçaytirdi. 2024 yil boşida talaba vizalarini tayinlaş vaqtinça töxtatilgan, iyun oyidan esa qayta tiklangaç, abituriyentlardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ham oçiq qiliş talab qilingan. Endilikda ular "fuqarolarga, madaniyatga, hukumatga yoki AQŞning asosiy tamoyillariga duşmanlik belgilarini" aniqlaş uçun qöşimça skriningdan ötkaziladi.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio may oyida Kongressga bergan bayonotida yanvar oyidan buyon "minglab vizalar bekor qilinganini" maʼlum qildi. Unga köra, hukumat "mehmonga kelib, taʼlim muassasalarida tartibni buzayotgan" talabalarni çiqarib yuborişda davom etadi.

Biroq demokrat qonunçilar bu çoralarni tanqid qilib, Tramp maʼmuriyatining xalqaro talabalar vizasini bekor qiliş amaliyotini "qonuniy jarayonga hujum" deb ataşmoqda.


×