Doston Satpayev Angliyada rasmiy debyutini ötkazdi

Doston Satpayev Angliyada rasmiy debyutini ötkazdi

Keça, 23 avgust kuni qozoğistonlik 18 yoşli futbolçi Doston Satpayev “Byornli” safida ilk rasmiy öyinini ötkazdi.


18 yoşli futbolçi Çempionşipning ikkinçi turida “Vest Bromviç”ga qarşi uçraşuvda zaxiradan maydonga tuşdi. U 57-daqiqada Joş Loran örniga öyinga qöşildi. 

Satpayev maydonga tuşgan vaqtda “Byornli” 1:2 hisobida ortda borayotgan edi. Yakunda esa “Byornli” 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.

Qozoğistonlik futbolçi “Çelsi”dan “Byornli”ga ijara asosida ötgan. U Çempionşipning birinçi turida “Vest Xem”ga qarşi öyinda maydonga tuşmagani sababli, “Vest Bromviç”ga qarşi bahs uning Angliya klubi safidagi ilk rasmiy uçraşuviga aylandi.


Teglar:
×