Prezident tanqidiy ruhda yiğiliş ötkazdi

Prezident tanqidiy ruhda yiğiliş ötkazdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 sentyabr kuni aholini sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxşilaş va hayot sifatini oşirişga qaratilgan köplab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, sönggi olti yilda içimlik suvi sohasiga davlat byudjetidan 14 trillion 500 milliard söm yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar köp mablağ ajratilgan. 31 ming kilometr içimlik suvi va oqova tarmoqlari ötkazilgan, 1200 ta suv inşootida quriliş-taʼmirlaş bölgan. Bu işlar natijasida mingta mahalladagi 6,5 million aholi yaşaydigan xonadonlarga ilk bor toza içimlik suvi kirib bordi.

Lekin, hali 30 ta tuman va 1 ming 400 ta mahallada içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş talab etiladi. Ular uçun toza suv manbasini topiş zarur.

Köp hollarda suv behuda yöqotilayapti, isteʼmolning aniq hisobi yöq. Ayrim nasoslar, soha korxonalariga tegişli maxsus texnikalar eskirgan.

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda şu kabi muammolar muhokama qilinib, zarur çora-tadbirlar belgilandi.

«Özsuvtaʼminot» aktsiyadorlik jamiyatiga joriy yil yakunigaça 12 ming kilometr tarmoq hamda 1300 ta suv inşootini quriş va taʼmirlaş vazifasi qöyildi. Buning hisobiga 145 ta mahalladagi 1 million 100 ming aholi ilk bor markazlaşgan içimlik suvidan bahramand böladi, 2 mingta mahalladagi taʼminot yaxşilanadi.

Viloyat hokimlariga xalq deputatlari bilan birga kelgusi yil uçun dastur işlab çiqib, hukumat qaroriga kiritiş topşirildi. Bunda suv taʼminoti darajasi past 30 ta tumanga alohida eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlandi.

Qöşrabot tumanida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş, Buxoro va Jizzax şaharlarida oqova suv, Guliston, Yangiyer va Şirin şaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruktsiya qiliş kabi loyihalarning bajarilişi körib çiqildi.

Buxorodagi işlar xarajati maqbullaştirilgani bu borada namuna. Xususan, Buxoro şahrida tozalaş va oqova suv tizimini rekonstruktsiya qiliş böyiça 281 million dollarlik loyihaning 75 million dollari iqtisod qilingan. Bu mablağ evaziga yana 1150 kilometr suv va 117 kilometr oqova tarmoqlarini quriş mumkin.

Şu kabi loyihalarning xarajatlarini maqbullaştiriş, iqtisod qilingan mablağlarni öşa hududdagi suv taʼminoti va oqova tizimini yaxşilaşga yönaltiriş muhimligi aytildi.

Soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga yana 24 ta istiqbolli loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari yuzasidan körsatmalar berildi.

Suv yetkazuvçi nasoslarni energiya tejamkoriga almaştiriş, soha korxonalarini moliyaviy barqarorlaştiriş çoralari ham belgilandi.


×