AQŞ va "Tolibon" delegatsiyasi Qatarda muzokara ötkazdi

AQŞ va "Tolibon" delegatsiyasi Qatarda muzokara ötkazdi

AQŞ va Afğonistonninng hukmron “Tolibon” harakati vakillari Qatar poytaxti Dohada ikki kunlik muzokaralar uçun yiğildi. AQŞ Davlat departamenti 1-avgust, duşanba kuni uçraşuvning birinçi raundi yakunlanganidan söng Vaşington "Tolibon" bilan iqtisodiy barqarorlik hamda narkotik moddalar savdosiga qarşi kuraş böyiça keyingi texnik muzokaralar uçun oçiqligini bildirdi. Davlat departamenti Afğonistondagi moliyaviy ahvol yaxşilanganini, jumladan, inflyatsiya darajasining pasayişini, şuningdek, 2022 yilga qadar taqiq doirasida köknori yetiştirişning qisqarişini yuqori baholadi va giyohvandlikka qarşi kuraşda hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.

Şu bilan birga, AQŞ Afğonistonda inson huquqlari bilan boğliq vaziyat yomonlaşganidan xavotir bildirdi va "Tolibon"ni qizlarning örta taʼlim olişiga qöyilgan taqiqni bekor qilişga, ayollarning kasbga kirişiga ruxsat berişga va hibsga olingan amerikaliklarni ozod qilişga çaqirdi.

Tolibon talab qilmoqda

Öz navbatida, "Tolibon" yetakçilariga qöyilgan sayohat taqiqlari va boşqa çeklovlarni olib taşlaş va Afğoniston markaziy bankining xorijiy aktivlarini qaytarişga çaqirdi, dedi Kobul hukumati.

“Afğoniston Islom Amirligi Tolibon yetakçilarining sayohatga qöyilgan taqiqning bekor qilinişi va markaziy bank zaxiralarining qaytarilişi “afğonlar öz iqtisodiyotini taşqi yordamga qaram bölmasdan rivojlantira olişi uçun” işonçni mustahkamlaş uçun muhim ekanligini yana bir bor taʼkidladi”, deydi Afğoniston Taşqi işlar vazirligi vakili.

Aksariyat "Tolibon" yetakçilari Birlaşgan Millatlar Taşkilotidan sayohat ruxsatnomasini olişlari kerak. Afğonistonning bank sektori "Tolibon" hokimiyatga qaytganidan söng sanktsiyalar tufayli falaj böldi, Afğoniston Markaziy bankining 7 milliard dollar miqdoridagi xorijiy aktivlari Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida muzlatib qöyildi. Hozir bu mablağlarning yarmi Şveytsariyadagi ştab-kvartirasida joylaşgan Afğoniston jamğarmasida saqlanadi.



×