Muhammad Angliyada eng ommabop öğil bolalar ismi böldi

Muhammad Angliyada eng ommabop öğil bolalar ismi böldi

Muhammad ismi 2025 yilda Angliya va Uelsda tuğilgan öğil bolalar orasida eng ommabop ismga aylanib, uçinçi yil ketma-ket birinçi örinni egalladi. Bu haqda “The National” xabar berdi.

Manbaning qayd etişiça, 2025 yilda taxminan 6 ming nafar çaqaloqqa Muhammad ismi qöyilgan. Bu ikkinçi örindagi Noa ismidan qariyb 2 mingtaga köp. Muhammad va Noa 2023 yildan buyon reytingning dastlabki ikki poğonasini egallab kelmoqda. Ilgari ular örtasidagi farq 1 580 nafarni taşkil etgan bölsa, bu yil yanada oşgan. Bu yil Leo va Luka mos ravişda uçinçi va törtinçi örinlarga kötarilgan. Ular Artur, Oliver va Jorj ismlarini ortda qoldirgan.

Naşrga köra, Muhammad ismining boşqa ikki yozilişi ham eng maşhur 100 ta ism qatoriga kirgan. Ismning Mohammed şakli 20-örinni, Mohammad şakli esa 55-örinni egallagan. Bu ikki variant yana 2,6 ming nafar çaqaloqqa qöyilgan.

Qizlar orasida esa Oliviya yana eng maşhur ism bölib qolgan. Keyingi örinlarni Lili, Ameliya, Ayla va Florens egallagan.

Maʼlumot uçun, Muhammad ismi 2016 yildan buyon eng ommabop öntalikdan joy olib kelmoqda. U ilk bor 1997 yilda eng maşhur 100 ta ism röyxatiga kirgan. Şuningdek, Muhammad ismining uç xil yozilişi 1954 yilda ham eng maşhur 100 ta ism qatorida bölgan. Mohammed varianti esa ilk bor 1924 yilda reytingga kirib, 91-örinni egallagan.

Mamlakat Milliy statistika qömitasining bildirişiça, eng maşhur öğil va qiz bolalar ismlarining aksariyati Britaniyadan taşqari kelib çiqişga ega. Ular qatorida skandinaviyaça Freyya, italyança Leo, Luka va Izabella, şuningdek ibroniyça Noa ismlari bor.

Statistika idorasi avvalroq Muhammad ismining ommalaşişiga bir neçta omil, jumladan, mamlakatdagi musulmon jamoasining ösişi sabab bölganini bildirgan. Buyuk Britaniyada hozir qariyb 4 million musulmon yaşaydi, bu mamlakat umumiy aholisining taxminan 6 foizini taşkil qiladi.

Muhammad ismi, ayniqsa, Britaniyada yaşovçi musulmonlar orasida öz madaniy merosi va anʼanalarini saqlab qoliş ramzi sifatida maşhurligiça qolmoqda. Şu bilan birga, öğil bolalarga qöyilayotgan ismlar orasida umumiy xilma-xillik ham ortib bormoqda.

Maʼlumot uçun, Britaniyaga musulmon muhojirlarning ilk katta oqimi XIX asr oxirida, asosan London, Kardiff va Liverpul kabi port şaharlariga kelgan. Ular asosan Yaman va Misrdan bölgan bölsa-da, soni minglar bilan çeklangan. Oksford universiteti professori, migratsiya demografiyasi böyiça mutaxassis Devid Koulmanning aytişiça, XIX–XX asrlarda Britaniyaning turli sohil şaharlarida kiçik musulmon jamoalari şakllangan.

Uning taʼkidlaşiça, mamlakatga migratsiya 1950–1960 yillarda 1948 yilgi Britaniya fuqaroligi töğrisidagi qonun qabul qilingaç keskin oşgan. Uşbu qonunga muvofiq, barça Britaniya fuqarolari mamlakatga erkin kiriş huquqiga ega bölgan. Bu qoida dastlab Yangi Zelandiya, Avstraliya va Kanadada yaşovçi Britaniya bilan yaqin aloqador şaxslar uçun joriy etilgan bölsa-da, keyinçalik Ğarbiy Hindiston orollari va Osiyodan ham köplab odamlar töqimaçilik kabi sohalarda işlaş uçun mamlakatga köçib bora boşlagan.


Teglar:
×