Sudyalar davra suhbati ötkazdi

Sudyalar davra suhbati ötkazdi

Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyalari tomonidan Özbekiston Savdo-sanoat palatasida “Fuqaro va tadbirkorlik subʼektlari orasida maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlaşdagi roli” mavzusida hamda davlatimiz rahbarining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari ququqlarining samarali qimoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan oçiq muloqat şaklida davra suhbati ötkazildi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy bosqiçida 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsadlarga erişiş oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi, Yangi Özbekiston şaroitida davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimining samaradorligini oşiriş, ular faoliyatini natijadorlikka yönaltiriş orqali aholi farovonligini taʼminlaş asosiy masalalardan biri ekanligi xususida Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi A.Narzulayev töxtalib ötdi.

Şu örinda Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi Q.Tajimatov öz maʼruzasida davlatimiz rahmbarining joriy yil 29 yanvar kuni qabul qilingan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilişda sudlar, ayniqsa, maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytiriş, ularni fuqaro va tadbirkorlarning haqiqiy himoyaçisiga aylantiriş zarurligi, buning uçun, avvalo, jamiyatda maʼmuriy sudlarga bölgan işonçni yanada oşiriş maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilişi ustidan nazoratning taʼsirçan mexanizmlarini joriy etiş talab etiladi.

Mazkur qaror mamlakatimizda maʼmuriy yustitsiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligiga alohida töxtalib ötdi.

Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi U.Nişonova davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni
“2022 – 2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi Farmon hamda u bilan 2022 yil–“Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi va strategiyaning aynan ikkinçi yönalişi mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur şartiga aylantirişga qaratilgan va albatta, şu maqsad va vazifalarning amalga oşirilişi sud-huquq sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanişi böyiça seminar iştirokçilariga batafsil maʼlumotlar berib ötdi.

Davra suhbati savol-javoblar bilan yakunlandi.

Qodirjon Tajimatov
Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi

×