"Hizbulloh": "Janubiy Livanda Eron qöşinlari yöq"

"Hizbulloh": "Janubiy Livanda Eron qöşinlari yöq"

"Hizbulloh" rahbariyati Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) qöşinlari Livan janubidagi janglarda qatnaşmayotganini maʼlum qildi.

Bu haqda "Hizbulloh" siyosiy kengaşi rahbarining örinbosari Mahmud Kummati maʼlum qildi.

"Hizbulloh" jangçilari Nabatiya şahri yaqinidagi Ali al-Taher tepaliklarida pozitsiyalarni egallab turibdi va Isroil kuçlariga qarşilik körsatmoqda. Kummati Livan janubida yoki Bekaa vodiysining ğarbiy qismida Eron qöşinlari yöqligini taʼkidladi.

"Qarşilik kuçli va qobiliyatli bölib qolmoqda. Bizning tanlovimiz Isroil hujumlariga qarşi turiş va duşmanning öz maqsadlariga erişişiga yöl qöymaslikdir", dedi u.

Kummati şuningdek, Livan rasmiylarining noqonuniy qurolli guruhlarni qurolsizlantiriş rejalariga qarşi çiqdi. Uning taʼkidlaşiça, Livan hukumati sulhga qaramay, Isroilga qarşilik kuçlariga hujumlarni davom ettirişga ruxsat bergan.


×