Isroil Boş vaziri «Hizbulloh» uruşga kirsa, tasavvur qilib bölmaydigan javob zarbasi bilan tahdid qildi va Ğazo sektoridagi operatsiyani kengaytiriş uçun qadamlar taşlanganini eʼlon qildi.
The New York Times naşrining yozişiça, Isroil AQŞ maslahati bilan keng kölamli operatsiyaga ötayotgani yöq.
«Uçinçi bosqiç — Ğazo sektoriga quruqlikdan kirişni kengaytiriş. Isroil armiyasi buni ölçovli, juda kuçli qadamlar bilan amalga oşirmoqda, tizimli ravişda bosqiçma-bosqiç harakat qilmoqda», dedi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu matbuot anjumanida.
U yana Livanning «Hizbulloh» guruhiga murojaat qilib, Isroil şimoliy çegarani mustahkamlayotganini aytdi va guruhni «uruşda iştirok etişga qaror qilsa, bir umrlik xatoga yöl qöygan bölişi» haqida ogohlantirdi. «Siz tasavvur ham qila olmaydigan zarba olasiz», deb tahdid qildi Isroil boş vaziri.
The New York Times manbalarining qayd etişiça, Netanyahu muvaffaqiyatsizlik va öz javobgarligidan qörqib, Ğazoga keng kölamli bostirib kiriş haqidagi buyruqni imzolaşdan özini tiymoqda.









