Rossiya harbiy xizmatçilari Afğoniston bilan çegarada maşğulotlar tugagandan söng, Özbekistonni tark etdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Tinçlikparvarlik bölinmasi va Markaziy harbiy okrug maxsus kuçlari brigadasi harbiy xizmatçilari Surxondaryo viloyatidagi Termiz poligonida bölib ötgan qöşma maşğulotlar yakunlangaç, Özbekiston Respublikasidan Rossiyaga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Rossiya va Özbekiston harbiy xizmatçilari Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining hududiy yaxlitligini taʼminlaş uçun jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarişda özaro hamkorlik qiliş masalalarini işlab çiqqan.
Qöşimça qilinişiça, maşğulotda Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatçilari qatnaşgan. Harbiy öquv maşğulotlari joriy yilning 2 avgustidan 6 avgustigaça Afğoniston bilan çegaradoş hududda, harbiy texnika, şu jumladan aviatsiyani jalb qilgan holda ötkazilgan.









