Rossiya qöşinlari Xarkov va Odessaga kirdi – Ukraina IIV

Rossiya qöşinlari Xarkov va Odessaga kirdi – Ukraina IIV

Ukrainaning turli şaharlari, jumladan Xarkov, Dnepr va Kiyevdagi harbiy obʼektlarga hujum uyuştirildi. Bu haqda Ukraina Içki işlar vaziri maslahatçisi Anton Geraşçenko maʼlum qilgan. 

U, şuningdek, rus qöşinlari Odessaga kelib, Xarkov bilan çegarani kesib ötganini maʼlum qilgan. 

“Bosqin boşlandi. Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprda harbiy boşqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Çegarani artilleriyadan öqqa tutiş davom etmoqda”, deydi Geraşçenko.  

Uning tuşuntirişiça, şu paytdan boşlab “dunyoga yangi geosiyosiy voqelik kirib kelmoqda. U yakunda “ğalaba bizniki böladi” deya qöşimça qilgan.

×