Özbekistonlik boksçi AQŞdan deportatsiya qilindi

Özbekistonlik boksçi AQŞdan deportatsiya qilindi

Özbekistonlik professional boksçi Qudratillo Abduqahhorov AQŞda immigratsiya qoidalari bilan boğliq holat sabab hibsga olinib, keyinçalik mamlakatdan deportatsiya qilingan. Bu haqda “Fighting Styles” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Abduqahhorov 2026 yil 21 mart kuni Janubiy Kaliforniyada ötkazilgan ProBox boks oqşomida Joşua Kevin Antonga qarşi ringga çiqqan va birinçi raundda texnik nokaut bilan mağlub bölgan. Birinçi raund yakunlanganidan söng özini yomon his qilgan özbekistonlik boksçi boş qismini uşlab, kuçli oğriq sezayotganini körsatgan. Şundan keyin jangni davom ettirmaslikka qaror qilingan.

Jangdan keyin Abduqahhorov Los-Anjelesdan özi doimiy yaşab, işlab kelgan Pensilvaniyaga yöl olgan. Boksçining aytişiça, uni avtomobilda olib ketayotgan tanişi bilan birga tegişli hujjatlar va amal qiluvçi vizalarga ega bölmagan.

Abduqahhorovning sözlariga köra, yölga çiqqanidan 5-6 kun ötib politsiya ularni töxtatgan va boksçi hibsga olingan. Keyinçalik u AQŞ Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) nazoratiga ötkazilib, Vayoming ştatidagi Sweetwater County Jail hibsxonasiga jönatilgan.

Özbekistonlik boksçi u yerda 45 kun saqlanganini aytgan. Uning taʼkidlaşiça, 25 ming dollar miqdorida garov puli tölanganiga qaramay, advokat yordamidan taxminan bir oy foydalana olgan, keyin esa advokati bilan aloqa uzilgan. Şuningdek, hibsda bölgan davrida internetdan foydalaniş imkoniyati bölmagan.

Abduqahhorov hibsda unga nisbatan zöravonlik yoki boşqa turdagi tazyiq ötkazilganini daʼvo qilmagan. Biroq u professional boksda bir qator nufuzli kamarlarni qölga kiritgan sportçi sifatida bunday vaziyatga tuşib qoliş özi uçun kutilmagan bölganini bildirgan.

Manbaga köra, Abduqahhorov va uning menejeri Kike Maganya örtasida moliyaviy kelişmovçilik yuzaga kelgan. Boksçi menejerini joriy yilning 21 martidagi jangi uçun belgilangan gonorarni unga bermaganlikda ayblagan. Maganya esa bu ayblovlarni rad etgan. U naşrga Zelle orqali Abduqahhorovga amalga oşirilgan bir neçta tölovlarni tasdiqlovçi skrinşotlarni taqdim etganini aytgan. Menejerning taʼkidlaşiça, gonorardan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar uşlab qolinganidan keyin pul boksçining hisob raqamiga ötkazilgan. Abduqahhorov esa pulni olmaganini taʼkidlamoqda.

Maganya, şuningdek, Abduqahhorovning AQŞda işlaş uçun vizasi bölgani, ammo uning amal qiliş muddati tugaganini maʼlum qilgan. Menejerning sözlariga köra, u boksçiga Özbekistonga qaytib, hujjatlarini tartibga keltirişni tavsiya qilgan. Biroq Abduqahhorov AQŞda qolib, DoorDash haydovçisi sifatida işlaşda davom etgan. Keyinçalik u hibsga olinib, AQŞdan deportatsiya qilingan.

Ayni paytda Abduqahhorov va uning menejeri örtasidagi moliyaviy nizo hal etilmagan. “Fighting Styles” maʼlumotiga köra, hozirça uşbu masala böyiça sud jarayoni ham boşlanmagan.

Maʼlum qilinişiça, Abduqahhorov hozir Özbekistonda, oilasi bilan Andijonda istiqomat qilmoqda. U maşğulotlarni davom ettirib, navbatdagi jang uçun raqib izlamoqda.

Naşrning yozişiça, majburiy deportatsiya sabab Abduqahhorov hozirça AQŞga qayta olmaydi. Uning mamlakatga qonuniy ravişda qaytişi uçun kamida bir yil kutişiga töğri kelişi mumkin, biroq bu muddat uzoqroq bölişi ham ehtimoldan xoli emas.


Teglar:
×