Özbekiston terma jamoasi safida faoliyat yuritgan buxorolik boksçi Saidjamşid Jafarov Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi boks böyiça Yevropa çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. Bu haqda “Caliber” xabar berdi.
75 kg vazn toifasidagi final bahsida Jafarov rossiyalik Ismoil Mutsolgovga qarşi ringga kötarilgan. Uç raund yakunida hakamlar bir ovozdan qaror çiqarib, ğalabani ozarbayjonlik boksçiga bergan – 5:0.
World Boxing taşkiloti tomonidan ötkazilgan Yevropa çempionati Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida bölib ötgan. Jafarov musobaqadagi iştirokini germaniyalik Muhim Abdulai ustidan 5:0 hisobidagi ğalaba bilan boşlagan. Çorak finalda şvetsiyalik Kevin Skottni ham xuddi şu hisobda mağlub etgan. Yarim finalda esa angliyalik Kallum Makkinni ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozongan.
Maʼlumot uçun, terma jamoasini almaştirişidan avval Jafarov Özbekiston terma jamoasi safida ikki karra Osiyo çempioni bölgan, şuningdek, jahon çempionatlarida kumuş va bronza medallarini qölga kiritgan.
2026 yilda esa u Ozarbayjon terma jamoasi safida jahon çempionatida ham oltin medalga sazovor bölgan. Jafarov finalda braziliyalik Tauana Silvani 5:0 hisobida mağlub etgan.









