Amerika Qöşma Ştatlarida qoliş uçun qonuniy ruxsatga ega bölmagan 72 nafar Özbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 11 mart kuni Qöşma Ştatlar Özbekistonga deportatsiya reysini amalga oşirib, mamlakatda qoliş uçun qonuniy ruxsatga ega bölmagan 72 nafar Özbekiston fuqarosini qaytarib yuborgan.
Uşbu parvoz Qöşma Ştatlarning öz çegaralari xavfsizligini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlari doirasidagi navbatdagi tadbirlaridan biri bölgan.
“Prezident Tramp lavozimga kirişganidan buyon Qöşma Ştatlar noqonuniy immigratsiyaga çek qöyişga hamda öz çegaralari va fuqarolarini himoya qilişga qaratilgan öz majburiyatlari doirasida 1000 dan ziyod Özbekiston fuqarosini deportatsiya qildi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, Qöşma Ştatlar hududiga noqonuniy kirgan şaxslar qamoq jazosiga tortilişi va mamlakatdan çiqarib yuborilişi aytilgan. Qöşma Ştatlar AQŞning deportatsiya tadbirlarini ötkazişda yaqindan hamkorlik qilayotgani uçun Özbekiston hukumatiga özining çuqur minnatdorligini bildirgan.









