Bugun, 1 may kuni AQŞning migratsiya qonunçiligini buzgani uçun deportatsiya qilingan 26 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan çarter reys Toşkent xalqaro aeroportiga kelib qöndi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, özbekistonliklarning qaytarilişi Özbekiston va AQŞning tegişli idoralari tomonidan muvofiqlaştirilgan saʼy-harakatlari natijasida amalga oşirilgan. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning şaxsini aniqlaş, tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş va ularning xavfsiz olib kelinişini taʼminlaş kabi barça zarur taşkiliy va huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelişib olingan.
“Özbekiston migratsiya sohasida xorijiy şeriklar bilan hamkorlikni doimiy ravişda rivojlantirib, migratsiya qonunçiligi buzilişining oldini olişga, şuningdek, çet eldagi öz fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.









