AQŞdan Özbekistonga 1 yil içida neça kişi deportatsiya qilingani oçiqlandi

AQŞdan Özbekistonga 1 yil içida neça kişi deportatsiya qilingani oçiqlandi

2023 yil sentyabrdan 2024 yil sentyabrgaça AQŞdan Özbekistonga 572 kişi deportatsiya qilingan. Bu haqda AQŞ hukumatining tegişli hisobotida keltirilgan.

Hisobotga köra, 2023 yil sentyabrdan 2024 yil sentyabrgaça mamlakatdan deportatsiya qilingan muhojirlar soni 2014 yildan beri eng yuqori darajaga çiqqan. AQŞning Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) 192 ta davlatga taxminan 271 ming kişini deportatsiya qilgan. Bu körsatkiç Prezident Bayden 2021 yilda lavozimga kirişganidan beri eng yuqori bölib, 2017–2021 yillar oraliğida faoliyat yuritgan saylangan AQŞ prezidenti Donald Tramp davridagi har qanday yillik deportatsiya körsatkiçlaridan oşib ketgan. Bungaça eng yuqori deportatsiya darajasi 2014 yilda qayd etilgan bölib, öşanda 315 943 kişi mamlakatdan çiqarib yuborilgan.

Quyida ayrim davlatlar deportatsiya qilingan fuqarolari soni böyiça:

  • Turkiya – 694 kişi;
  • Özbekiston – 572 kişi;
  • Gruziya – 162 kişi; 
  • Tojikiston – 77 kişi; 
  • Qirğiziston – 69 kişi; 
  • Ukraina – 53 kişi; 
  • Isroil – 30 kişi; 
  • Eron – 27 kişi; 
  • Qozoğiston – 23 kişi; 
  • Ozarbayjon – 13 kişi; 
  • Turkmaniston – 5 kişi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp muhojirlarni deportatsiya qiliş siyosatini amalga oşirişning birinçi bosqiçida 1 million odamni mamlakatdan çiqarib yuborişni rejalaştirayotgani xabar qilingan edi.


Teglar:
×