Buxoro viloyatida oliy taʼlim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 26 mln söm olgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Qoraköl tumani bölimi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.T. uşlangan. U fuqaro D.O. ning işonçiga kirib, göyoki Qozoğistondagi oliy öquv yurtlaridan birida 1–3 kurslarda tahsil olgani haqida soxta hujjatlar tayyorlab bergan. Şuningdek, yuqori lavozimlarda işlaydigan tanişlari orqali Buxoro Innovatsion taʼlim va tibbiyot universitetining tibbiyot yönalişiga 4-kursdan öqişga kiritib qöyişini vaʼda qilgan.
Uşbu xizmat evaziga 26 mln söm olgan vaqtida u aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Mazkur holat yuzasida unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









