Amerikaga yuborişni vaʼda qilgan şaxs fuqaroni Afrikaga jönatib yubordi

Amerikaga yuborişni vaʼda qilgan şaxs fuqaroni Afrikaga jönatib yubordi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, Namangan şahrida yaşovçi, 1992 y.t. şaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvçi, 1997 y.t. fuqaroni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali «Toşkent-Istanbul-Madrid-Tixuana» yönalişida Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş hamda buning uçun zarur böladigan viza hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 334 mln. söm olgan vaqtida uşlandi.

Boşqa holatda esa DXX xodimlari tomonidan prokuratura hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyatining Çinoz tumanida yaşovçi, 1969 y.t. şaxs özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 3 nafar fuqaroni AQŞga borişlari uçun hujjatlarni rasmiylaştiriş va viza olib beriş beriş evaziga 42 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Samarqand şahrida yaşovçi, 1983 y.t. şaxs Navoiy şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroning aldov yöli bilan işonçiga kirib, uning nomiga viza va boşqa tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib, «Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika» yönalişida aylanma yöllar orqali Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş evaziga 17.500 AQŞ dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi, 1989 y.t. Uçquduq tumanida istiqomat qiluvçi şaxs fuqaroni Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qöşma Ştatlarga yuboriş va u yerda işga joylaştiriş evaziga 19 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 6200 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şarof Raşidov tumanida istiqomat qiluvçi, 1988 y.t. şaxs Jizzax şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroni Qöşma Ştatlarga işga yuborişni vaʼda qilib, bu kabi işlarni qilişga vakolati bölmasada, dastlab, 2023 yilning aprel-may oylarida 14300 AQŞ dollarini olib, uni aylanma yöllar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boşqa davlatda çorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni önglaş, yaʼni uni Amerikaga ötkaziş uçun uning otasidan qöşimça 6700 AQŞ dollari talab qiladi.

DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×