Toşkent şahrida Amerika Qöşma Ştatlariga yuborişni vaʼda qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Çilonzor tuman bölimi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro R.I fuqaro Ya.M.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida Amerika Qöşma Ştatlariga işlaş uçun Meksika davlati orqali aylanma yöllar bilan yuboriş evaziga 30 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, muqaddam firibgarlik va boşqa jinoyatlari uçun sudlangan R.P. fuqaro Z.S.ning işonçiga kirib, unga tanişlari yordamida 3 500 AQŞ dollari va 14 mln söm evaziga Amerika Qöşma Ştatlariga boriş uçun viza olib berişni vaʼda qilib, şundan 14 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









