2021 yil 23 dekabr kuni IIV JQBB Uyuşgan jinoyatçilikka va qurol bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş bölimiga, 1981 yilda tuğilgan, Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi fuqaro R.Z. ariza bilan murojaat qilgan.
IIV JQBB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi xabariga köra, u öz arizasida Toşkent viloyatida yaşovçi “Şerzod” ismli şaxs bilan “Instagram” internet ijtimoiy tarmoği orqali tanişib, u bilan işqiy munosabatda bölgani, şundan cöng işqiy mazmunda yozilgan sms xabarlarni turmuş örtoği va yaqin qarindoşlari hamda internet ijtimoiy tarmoği orqali tarqatib yuborişlik bilan qörqitib, undan tamagirlik yöli bilan 20 000 000 söm miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganini maʼlum qilib, “Şerzod” ismli şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Uşbu arizaga asosan, şu kuni ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, 1985 yilda tuğilgan, ilgari Jinoyat kodeksning 177-moddasi bilan 2-qismi sudlangan, Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi, fuqaro T.Ş., Toşkent viloyati, Çirçiq şahar hududida joylaşgan “Atlant” klinikasi oldida ariza muallifi R.Z.dan 20 mln söm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlangan.
Suriştiruv işlari davomida, T.Ş. fuqaro R.Z.dan oldin ham tovlamaçilik yöli bilan 70 mln söm pullarni olganini va haqiqatan ham uyali telefon apparatida R.Z. bilan özaro işqiy munosabatdagi yozişmalari mavjudligini maʼlum qilgan.
24 dekabr kuni fuqaro T.Ş.ga nisbatan töplangan hujjatlar va daliliy aşyolar qonuniy çora körişlik uçun Çilonzor tumani IIO FMBga yuborilgan. U JPKning 224-moddasi tartibida uşlanib, tuman IIO FMB VSHga joylaştirilgan, tezkor suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.









