2022 yil 20 oktyabr kuni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasiga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 16 oktyabr kuni soat 17:00 larda, taxminan spirtli içimlik isteʼmol qilib, öziga tegişli bölgan «Neksiya-3» rusumli avtomaşinasini Samarqand şahar Rudakiy köçasida boşqarib borayotganida YPX inspektorlari uni alkotesterdan ötkazganlarida spirtli içimlik isteʼmol qilganligi aniqlanganligi sababli, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirib, avtomaşinani jarima maydonçasiga qöyganliklarini, şundan söng, u avtomaşinani jarima maydonçasidan çiqarişga harakat qilib yurganida, «B» ismli şaxs uşbu işni hal qilişda yordam berişi aytib, u bilan gaplaşganida, Samarqand viloyati IIB YHXBda işlovçi tanişlari orqali unga nisbatan çora körilmaslik, işini ijobiy hal qilib berişi mumkinligini, yaʼni unga nisbatan tuzilgan maʼmuriy bayonnomani sudga yubormasdan haydovçilik guvohnomasini olib berib, transport vositasini jarima maydonçasidan çiqarib berişini aytib, 1.600 AQŞ dollari miqdordagi pullarni berişni talab qilib kelayotganini, uşbu fuqaroga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur ariza yuzasidan 2022 yil 20 oktyabr kuni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.B. ariza muallifidan 1.600 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida uşlanib, hujjatlaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









