Ben-Gvir falastinlik mahbuslarning kiyimlari va Qurʼon kitoblarini tortib olişni buyurdi

Ben-Gvir falastinlik mahbuslarning kiyimlari va Qurʼon kitoblarini tortib olişni buyurdi

Isroilning öngçi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir mamlakatning Negev qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarning kiyimlari va Qurʼon kitobi nusxalarini musodara qilişni buyurdi. Bu haqda “TRT Haber” xabar qildi.

Maʼlum qilinişiça, Ben-Gvir Negev qamoqxonasiga taşrif buyurib, mahbuslarning kiyimlari hamda Qurʼon nusxalarini olib qöyiş böyiça topşiriq bergan. Şundan söng qamoqxonada falastinliklar foydalanişi mumkin bölgan mushaflar soni keskin kamaygan.

Falastin Mahbuslar media idorasi bayonotida Negev qamoqxonasidagi mahbuslar ahvoli haqida ham maʼlumot berilib, Isroil maʼmuriyati falastinliklarga nisbatan oziq-ovqat va gigiyena vositalari böyiça çeklovlarni “jazo çorasi” sifatida davom ettirayotgani qayd etilgan.

Falastin Ozodlik Taşkiloti huzuridagi Mahbuslar va ozod etilganlar işlari böyiça hayʼat 2 avgust kuni Isroil şimolidagi Megiddo qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar oçlik va tibbiy eʼtiborsizlikka duç kelayotgani, ularning yaşaş şaroitlari esa tobora yomonlaşayotganini maʼlum qilgan edi.

Falastin va Isroildagi inson huquqlari taşkilotlari hisobotlariga köra, Isroil qamoqxonalarida ayollar va bolalarni ham öz içiga olgan taxminan 9,5 ming nafar falastinlik mahbus saqlanmoqda. Hisobotlarda mahbuslar oçlik, qiynoqlar va tibbiy eʼtiborsizlik kabi oğir şaroitlarda yaşaşga majbur ekani taʼkidlangan.


Teglar:
×