Dron taomdan tortib test natijalarigaça taşimoqda

Dron taomdan tortib test natijalarigaça taşimoqda

"Alphabet" kompaniyasi jönatmalarni dronlar orqali yetkaziş xizmati bilan ajralib turadi. "Wing" dronlari Avstraliya hududida 200 mingta tijoriy buyurtmalarni amalga oşirdi.

Dronlar 250 dan ortiq turdagi jönatmalar - supermarket mahsulotlari, kafelarning taomlari, dorilar, COVID-19 testi natijalarini taşimoqda. Bu esa tadbirkorlar va mijozlar uçun qulaylikdan taşqari yöllardagi tirbandliklar va yöl-transport hodisalarining oldini olmoqda.

Kompaniya dronlarni 2019 yili sinab kördi, 2020 yili işga tuşirdi. Hozirda kuniga mingta buyurtma (boşqaça aytganda - har 25 daqiqada 1 ta buyurtma) kelib tuşmoqda. Ötgan 2 oy içida 30 mingdan ortiq insonlar buyurtmalarini dron orqali qabul qilganlar.

"Alphabet" xizmatlar bozorida "Amazon" bilan raqobat qilmoqda. Ekspertlar fikriça, bu kuraşda dronlarni işga solgan tomon ğoliblikka daʼvogar.  

×