Isroil kuçlari Nablus şahridagi reyd çoğida 23 yoşli falastinlik futbolçi Ahmed Daragmehni otib öldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Falastinlik şifokorlar mazkur maʼlumotni tasdiqlagan, hodisa töqnaşuvlar çoğida yuz berib, beş kişi yaralangan. Falastinliklar voqeani videoga yozib olgan, unda öq ovozini eşitiş mumkin. Daragmeh Tubas şahridan bölib, Ğarbiy Sohil nomidan «Taqafi Tulkarem» klubida töp surgan.
Maşhur arab futbol sayti Kooora uni oltita gol urib, mavsumda jamoaning eng yaxşi töpurari sifatida qayd etgan. Uning töqnaşuvlarda iştirok etagani sababi nomaʼlum. Isroil harbiylari Nablusga kelganlarida ularga portlovçi moddalar uloqtirib, öq uzgan falastinliklarga qarata öq uzgani, gumonlanuvçilarga zarba berganini aytmoqda.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2022 yilda bosib olingan Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusda Isroil kuçlari tomonidan 150 ga yaqin falastinlik halok böldi va bu 2006 yildan beri yuqori körsatkiç.









