Filippinda timsoh qayiqni teşib, baliqçini suv ostiga tortib ketdi

Filippinda timsoh qayiqni teşib, baliqçini suv ostiga tortib ketdi

Filippinning Palavan provintsiyasida ulkan timsoh baliqçilar qayiğiga hujum qildi va 20 yoşli Junik Xusinni suv ostigaş tortib ketdi.

Junik Xusin va 32 yoşli Edgar Legazpilar motorli qayiqda baliq ovidan qaytib kelayotgan edi. Timsoh hujum qilgan vaqtda qoronğu tuşib, kuçli yomğir yoğayotgan edi. Uç metrli ulkan timsoh motorli qayiqqa bir neça bor hujum qilib, uni teşgan va mana şu teşikdan baliqçilardan birini tortib ketgan.

«Men heç narsa qila olmadim, çunki qayiğimiz teşilgan edi», — deydi timsoh hujumidan çetda qolgan Legazpi.

U darhol politsiyaga murojaat qilgan, ammo yomon ob-havo tufayli marhumni izlaş işlari faqat ertasi kuni boşlangan. Mahalliy aholi erta tongda timsohni topgan va uning çangalidan jasadni tortib olgan.

×