Rossiyaning eng yirik marketpleysi Wildberries’ning uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlari Belarus, Qozoğiston va Özbekistondagi omborlarga yönaltirilişi mumkin. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bunga Ukraina dronlarining kompaniya omborlariga uyuştirayotgan hujumlari sabab bölmoqda. Sotuvçilar bilan ötkazilgan uçraşuvlarda Wildberries vakillari yangi logistika tizimi joriy etilişini maʼlum qilgan. Uçraşuv iştirokçilaridan birining aytişiça, ularga endi uzoq muddatli saqlaş omborlari Belarus, Qozoğiston va Özbekistonda joylaşişi aytilgan. Biroq bu özgariş narxlar, yetkazib beriş muddati va mahsulotlarni uşbu davlatlarga qanday taşiş masalasiga qanday taʼsir qilişi hozirça oçiqlanmagan.
Boşqa tadbirkorning sözlariga köra, Wildberries mazkur davlatlarda allaqaçon öziga tegişli va ijaraga olingan omborlarga ega bölib, mahsulotlarni xorijdagi logistika markazlariga köçirişni boşlab yuborgan. Sotuvçilardan biri vaziyatni şunday izohlagan:
“Kompaniya yangi omborga mahsulot yuborişni söraşi bilan u yerga dronlar zarba bermoqda”.
Uning fikriça, mahsulotlarni xorijiy omborlarga köçiriş ularni hujumlardan himoya qilişi mumkin. Biroq tadbirkorlar bu qaror boşqa muammolarni ham keltirib çiqarişidan xavotirda.
Ularning aytişiça, uzoq logistika zanjiri sababli Wildberries yetkazib beriş tezligi va narxi böyiça asosiy raqobatçilariga yutqazişi mumkin. Yirik sotuvçilarning aylanmasining 70-80 foizi aynan kompaniyaning uzoq muddatli saqlaş omborlari orqali amalga oşiriladi. Öz omboridan mustaqil yetkazib beriş esa, ularning fikriça, asosan kiçik va örta biznes uçun mos.
Yana bir muammo – tovarlarni davlat çegarasi orqali olib ötişda bojxona deklaratsiyasining talab qilinişidir. Ayrim sotuvçilarning taʼkidlaşiça, Wildberries’dagi köplab mahsulotlar Rossiyaga “kulrang” yoki noqonuniy sxemalar orqali olib kirilgan bölib, bunday tovarlarni rasmiy ravişda eksport qiliş qiyin keçadi. Şu sababli, yirik yetkazib beruvçilar vaziyatni uddalaşi mumkin bölsa-da, kiçik va örta biznes vakillari jiddiy qiyinçiliklarga duç kelişi mumkin.
Tadbirkorlar yana bir xavfni ham tilga olmoqda. Ularning fikriça, Qozoğistondagi omborlar orqali Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarni olib kiriş osonlaşadi. Natijada arzon Xitoy mahsulotlari soni ortib, mahalliy sotuvçilar uçun raqobat kuçayadi.
Maʼlum qilinişiça, Wildberries Qozoğistonning Ostona va Olmaota şaharlarida qariyb 46 ming kvadrat metr omborni ijaraga olgan hamda yana 260 ming kvadrat metrlik logistika majmuasini qurmoqda. Uni 2027 yilning birinçi çoragida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Belarusda esa kompaniya qiymati 11 milliard rubl bölgan, umumiy maydoni 140 ming kvadrat metrni taşkil etuvçi yirik ombor qurmoqda. Hozirça uning 20 ming kvadrat metri işga tuşirilgan. Loyiha töliq 2026 yil oxiri yoki 2027 yil boşida yakunlanişi kutilmoqda. Bundan taşqari, mamlakatda yana bir yirik logistika markazini quriş rejalaştirilgan.
Özbekistonda esa Wildberries Markaziy Osiyo logistika xabini barpo etmoqda. Kompaniya boş direktori Robert Mirzoyan maʼlum qilişiça, loyiha Toşkent viloyatida qurilayotgan 170 ming kvadrat metrlik ombor majmuasi va saralaş markazini öz içiga oladi. Mazkur logistika markazi “Rossiya – Özbekiston – Yaqin Şarq” yönalişini boğlaşi, şuningdek, “Xitoy – Özbekiston – Afrika” eksport yönalişi uçun tranzit nuqtasiga aylanişi rejalaştirilgan.
Tahlillarga köra, joriy yilning 2 avgust holatiga Wildberries logistika infratuzilmasining 17-22 foizi Ukraina dronlari hujumlari oqibatida şikastlangan. Keyinçalik kompaniyaning yana ikkita yirik omboriga zarba berilgan. Mutaxassislar vayron bölgan obʼektlarni tiklaş xarajatini 62,5-80,8 milliard rubl, sotuvçilar körgan zararni esa qariyb 280 milliard rublga baholamoqda.









