Tramp 1 million falastinlikni Ğazodan Liviyaga köçirmoqçi

Tramp 1 million falastinlikni Ğazodan Liviyaga köçirmoqçi

AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Ğazo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga köçiriş rejasini işlab çiqmoqda.

Bu haqda NBC telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, Vaşington Liviya muhojirlarni qabul qilişga rozi bölsa, avvalroq muzlatib qöyilgan aktivlarini blokdan çiqarişga vaʼda bermoqda.

Hozirça yakuniy qaror qabul qilingani yöq, çunki bu taşabbusni amalga oşirişda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelinişi mumkin. Xususan, qança ğazolik Liviyaga ixtiyoriy ravişda ketişga rozi böladi, degan savol oçiqligiça qolmoqda.

AQŞ maʼmuriyati falastinliklarni moddiy rağbatlantiriş imkoniyatini körib çiqmoqda, masalan, ularni bepul uy-joy bilan taʼminlaş yoki ularga nafaqa tölaş, ammo bu Vaşingtondan jiddiy xarajatlarni talab qiladi.

Şuningdek, falastinliklar Liviyaning qaysi qismiga joylaştirilişi mumkinligi va ularning köçirilişi aniq qanday amalga oşirilişi nomaʼlum. Bundan taşqari, yana bir million odamning Liviyaga kelişi allaqaçon beqaror bölgan mamlakatdagi keskinlikni kuçaytirişi mumkin, deb taʼkidlaydi telekanal.


Teglar:
×