Özbekistonda şu yilning 1 oktyabridan boşlab tadbirkorlar davlat tasarrufidagi tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda ularning atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlarni ijaraga olişlari mumkin. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 18 avgustida imzolangan “Baliqçilik xöjaliklari ehtiyojlari uçun suv havzalaridan foydalaniş tartibini takomillaştiriş, şuningdek, baliqçilik xöjaligi va qirğoq turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda keltirilgan.
2023 yil 1 oktyabrdan boşlab E-auksion elektron savdo maydonçasi orqali onlayn-auktsion orqali tadbirkorlik subʼektlariga quyidagilar ijaraga beriladi:
• davlat mulki bölgan tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari)
• daryolar atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari
Qarorda belgilanişiça, “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi öziga berilgan reproduktiv ahamiyatga ega past va doimiy ixtiofaunaga ega bölmagan tabiiy suv havzalarini alohida foydalanişga ikki hafta muddatda Ekologiya vazirligi tizimidagi taşkilotlarga samarali foydalaniş uçun topşiradi.
Şuningdek, qarorda 2023-2024 yillarda önta suv omborida – Andijon, Töpalang, Ohangaron, Zomin, Qamaşi, Çimqörğon, Paçkamar, Çortoq, Xojikent va Ğazalkentda çorvaçilik va baliqçilik hamda qirğoqböyi turizmi obʼektlarini taşkil etiş közda tutilgan.
Tabiiy suv havzalarini ijaraga berişdan olingan mablağlarning 50 foizi Ekologiya jamğarmasiga, 40 foizi Baliqçilikni rivojlantiriş jamğarmasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boşqariş huzuridagi Davlat mulkidan samarali foydalaniş markaziga ötkaziladi.
Bundan taşqari, tabiiy suv havzalarini tijorat maqsadlarida köpaytiriş va baliq ovlaşdan taşqari boşqa maqsadlar uçun ijaraga berişdan olingan mablağlarning 90 foizi Ekologiya jamğarmasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Davlat mulkidan samarali foydalaniş markaziga ötkaziladi.









