Yaponiyada olimlar insonga çöçqa buyragini köçirmoqçi

Yaponiyada olimlar insonga çöçqa buyragini köçirmoqçi

Yaponiyada tibbiyot tarixidagi muhim tajribalardan biri ötkazilişi kutilmoqda. Olimlar 2028 yildan boşlab genetik özgartirilgan çöçqa buyraklarini insonlarga köçirib ötkaziş böyiça klinik sinovlarni boşlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda “The Japan Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur loyiha Meydzi universiteti negizida taşkil etilgan PorMedTec biotexnologik startapi tomonidan amalga oşirilmoqda. Kompaniya AQŞning eGenesis biotexnologik firmasi tomonidan yaratilgan genetik modifikatsiya qilingan çöçqalardan foydalanmoqda.

Rejaga köra, çöçqalardan olingan buyraklar Sapporodagi Xokkaydo universiteti şifoxonasi hamda Kanagava prefekturasidagi Şonan Kamakura umumiy şifoxonasida bemorlarga köçirib ötkaziladi.

Mutaxassislarning fikriça, hayvondan insonga organ köçiriş transplantatsiya uçun donor organlar yetişmovçiligini kamaytirişning istiqbolli yöllaridan biri hisoblanadi.

Maʼlum qilinişiça, eGenesis kompaniyasi tomonidan boqilgan çöçqalarda immun tizimining yangi organni rad etişini kamaytiriş va hayvon viruslarining insonga yuqiş xavfini pasaytiriş maqsadida 69 ta genetik özgariş ötkazilgan.

AQŞda hozirga qadar uşbu texnologiya asosida törtta klinik sinov olib borilgan. Ayrim bemorlar operatsiyadan söng bir neça oy davomida dializ muolajasiga ehtiyoj sezmagan.

Yaponiyada hozirda 300 mingdan ortiq inson buyrak yetişmovçiligi sababli dializ muolajasini olmoqda. Şuningdek, qariyb 15 ming nafar bemor buyrak transplantatsiyasini kutmoqda. PorMedTec rahbari va Meydzi universiteti professori Xiroşi Nağaşima turlararo transplantatsiya kelajakda samarali tibbiy texnologiyaga aylanişi uçun işlar davom ettirilişini bildirgan.


Teglar:
×