Apple iPhone işlab çiqarişni Hindistonga köçirmoqçi

Apple iPhone işlab çiqarişni Hindistonga köçirmoqçi

Amerikaning texnologiya giganti Apple kompaniyasi quvvatlarning bir qismini Xitoydan ötkaziş fonida Hindistonda iPhone 14 işlab çiqarişni yölga qöyiş qarorini eʼlon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tahlilçilarning fikriça, bu qaror Pekin va Vaşington örtasida keskinlik kuçayib borayotgan bir şaroitda işlab çiqarişning katta qismini Xitoyda saqlab qolişning siyosiy xatarlari bilan boğliq bölişi mumkin. Bundan taşqari, Hindiston Xitoydan keyin ikkinçi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

J.P.Morgan'ning sözlariga köra, yil oxirigaça Apple iPhone 15 işlab çiqariş quvvatining taxminan beş foizini Hindistonga köçiradi. 2025 yilga kelib esa Hindiston iPhone işlab çiqarişning 25 foizini taşkil qilişi mumkin.

21 sentyabr kuni Apple Store’dagi ilovalar 5 oktyabrdan boşlab bir qator mamlakatlarda foydalanuvçilar uçun qimmatlaşişi maʼlum böldi. Şu bilan birga, Rossiyada iPhone 13 yangi model çiqarilgandan keyin 30 foizga arzonlaşdi.


×