Bugun, 5 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetovning hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
«Xabar.uz» holatga aniqlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot xizmati bilan boğlandi.
Urganç şahar prokuraturasining maʼlum qilişiça, fuqaro Rözmetov Davlatnazar Şixnazaroviç 2019 yil 5 oktyabr kuni tuşlik vaqti öz işlari bilan Urganç şahar, «Istiqlol» mahallasi hududida joylaşgan ATB «Ipoteka bank» Urganç şahar filialiga kelganida bank oldida oldindan tanişi bölgan fuqaro K.Umarova bilan uçraşib qolib, u bilan bundan 1 yil oldingi özaro pul oldi-berdisi masalasida özaro janjallaşib qolişgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.Umarovaning arizasiga asosan D.Rözmetov Urganç şahar böyiça IIO FMB 3-son IIBga qaraşli 16-sonli tayanç punktiga 13.30 larda olib kelinib, undan tuşuntiriş xati olingan va u soat 15.30larda IIB tayanç punktidan çiqib ketgan.
Xususan, fuqaro D.Rözmetov maʼmuriy tartibda uşlab turilmagan va unga nisbatan qamoq yoki boşqa jazo çoralari qöllanilmagan.
Hozirgi vaqtda, K.Umarovaning arizasi yuzasidan Urganç şahar IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









