Tan olinmagan Toğli Qoraboğ tugatildi

Tan olinmagan Toğli Qoraboğ tugatildi

Tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi tugatildi. Bu haqda tan olinmagan respublika rahbari Samvel Şahramanyan tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.

Keltirilişiça, tan olinmagan respublika 2024 yil 1 yanvargaça öz faoliyatini töxtatadi.

“2024 yil 1 yanvargaça ularning idoraviy böysunişidagi barça davlat muassasalari va taşkilotlari tugatilib, Toğli Qoraboğ Respublikasi öz faoliyatini töxtatsin”, deyiladi farmonda.

Tan olinmagan Toğli Qoraboğ aholisi, şu jumladan, uning çegaralaridan taşqarida bölgan armanlarga mintaqada qoliş yoki u yerga qaytiş töğrisida qaror qabul qiliş uçun Ozarbayjon tomonidan reintegratsiya şartlari bilan tanişiş taklif qilingan.

Qayd etilişiça, qaror hozirgi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, tan olinmagan Toğli Qoraboğ xalqining jismoniy xavfsizligi va hayotiy manfaatlarini taʼminlaş ustuvorligidan hamda Ozarbayjon bilan Rossiya tinçlikparvar kuçlari vositaçiligida erişilgan kelişuvlarni ham hisobga olgan holda qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, 19 sentyabr kuni (tan olinmagan) Toğli Qoraboğda vaziyatning yana keskinlaşuvi yuz berdi. Baku "mahalliy aksilterror çoralari" boşlanganini eʼlon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib çiqib ketişni talab qildi. Yerevan Qoraboğda arman Qurolli kuçlari yöqligini taʼkidlab, sodir bölayotgan voqealarni “keng kölamli tajovuz” deb atadi. Rossiya mojaro tomonlarini qon tökilişini töxtatib, diplomatik kelişuvga qaytişga çaqirdi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiya tinçlikparvar kontingenti iştirokida Qoraboğda aksilterror tadbirlarini töxtatiş böyiça kelişuvga erişilganini maʼlum qildi.


Teglar:
×