QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova, tasvirçi Xöjamiyor Xolmurodovga tahdid qilgan Yunusobod tumani prokuraturasi xodimi Umid Azizovga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, jurnalistning faoliyatiga tösqinlik qilgani aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Gap şundaki, joriy haftada QALAMPIR.UZ Yunusobod tumanida buzilayotgan 14 ta dökon egalaridan tuşgan murojaatga köra, uşbu mavzuni yoritiş uçun voqea joyiga yetib borgan edi. Biroq, bu yerda öz xizmat faoliyatini olib boriş jarayonida jurnalist Feruza Najmiddinova va tasvirçi Xöjamiyor Xolmurodov prokuratura xodimining tösqinligiga uçragan. Umid Azizovning noqonuniy buyruği bilan Içki işlar xodimlariga tasvirçi Xöjamiyor Xolmurodovning ortidan quvlaşgaça borişgan. Ular tasvirçidan kamera xotirasidagi kadrlarni öçirib taşlaşni talab qilgan.
Boş prokuraturaning qayd etişiça, QALAMPIR.UZ’da eʼlon qilingan "QALAMPIR.UZ jurnalistiga prokuratura va içki işlar xodimlari tomonidan tahdid qilindi" nomli videoxabarda körsatilgan holatlar örganib çiqilgan.
“Aniqlanişiça, videoyozuvda qayd qilingan xodim Umid Azizov prokuratura organlari tizimida 2019 yildan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça Yunusobod tumani prokurori sektori kotibi vazifasida 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
"Obod mahalla" davlat dasturi doirasida noqonuniy qurilma va öramalarni buzdiriş maqsadida joriy yilning 6 sentyabr kuni tuman hokimligi, prokuratura, IIB va boşqa masʼul taşkilotlar xodimlari tomonidan Yunusobod tumani, 2-mavze, 7-uy oldi qismidagi noqonuniy qurilmalarni buziş işlari amalga oşiriş boşlangan.
“QALAMPIR.UZ” internet naşri muxbiri va tasvirçisi kelib, jarayon tasvirga olingan va masʼullardan tuşuntiriş söralgan”.
Boş prokuratura tomonidan aniqlanişiça, Yunusobod tumani 2-sektor kotibi Azizov haqiqatan ham “QALAMPIR.UZ” internet naşri tasvirçisiga olingan videolarni öçirib ketişini aytib, jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilgan.
Tekşiriş natijasiga köra, U.Azizov bilan Toşkent şahar prokurori huzurida profilaktik suhbat ötkazilib, kelgusida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid qonunçilikka hamda prokuratura organlari xodimlarining “Kasb odobnomasi”ga qatʼiy rioya qiliş, aks holda intizomiy javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda.
Bundan taşqari, 10 sentyabr kuni Toşkent şahar prokurori Uluğbek Qosimov boşçiligida şaharning barça xodimlar iştirokida yiğiliş ötkazilib, qonunlarga oğişmay rioya qiliş, şuningdek, faoliyatda oçiqlik va xolislikni taʼminlaş maqsadida OAV vakillari bilan samarali hamkorlik amalga oşiriş lozimligi tuşuntirilgan.









