Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov avtohalokat natijasida vafot etdi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov avtohalokat natijasida vafot etdi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov 6 noyabr kuni keçasi avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda jurnalistning jiyani Furqat Rözmetov Feysbukdagi sahifasida xabar qildi.

"Bu postni marhumning döstlari uni sönggi manzilga jönatişga keç qolmasinlar deb yozdim. Manzil: Qöşköpir tumani Nazokat töyxonasi orqasidagi köça. Janozasi 7 noyabr kuni böladi, soati hali aniq emas" deb yozgan Furqat Rözmetov.

Davlatnazar Rözmetov 1971 yilda tuğilgan. «Xorazm yoşlari» gazetasi muxbiri bölib işlagan.

2019 yilning 25 oktyabr kuni Davlatnazar Rözmetov Qöşköpir tumani hokimligida ötkazilgan keçki yiğilişda qatnaşgan. Şundan söng, tunda u Xiva tumanidagi narkologiya dispanseriga olib ketilgan va ertalab qöyib yuborilgan. 29 oktyabr kuni esa xizmat vazifasini ötayotgan paytda, Qöşköpir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganç şahrida uşlangan. Qöşköpir tumani maʼmuriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.

Jurnalistning qamalişiga sabab qilib, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.

×