Putin Rossiya harbiy qömondonligi tarkibini yangiladi

Putin Rossiya harbiy qömondonligi tarkibini yangiladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat harbiy qömondonligi tarkibida bir qator yirik kadrlar almaşinuvini amalga oşirdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Xususan, yangi taşkil etilayotgan Uçuvçisiz tizimlar qöşinlariga general-polkovnik Denis Lyamin rahbar etib tayinlangan.

Qayd etilişiça, Lyamin şu paytgaça “Markaz” qöşinlar guruhi ştabi boşliği lavozimida işlagan. U 2023 yilda Mudofaa vazirligi rahbariyatini tanqid qilgani ortidan lavozimidan olingan general Ivan Popov örniga 58-armiyaga qömondon etib tayinlangani bilan tanilgan. Keyinçalik Popov firibgarlik ayblovi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Uçuvçisiz tizimlar qöşinlari – bu qurolli kuçlarning yangi bölinmasi hisoblanadi. Rossiya Mudofaa vazirligi 2025 yil dekabr oyida uni şakllantiriş işlari yakunlangani haqida hisobot bergan. Biroq Putin yiğilişda bu jarayon hali töliq yakunlanmaganini tan olib, yangi qömondonning asosiy vazifalaridan biri mazkur qöşin turini töliq şakllantiriş bölişini aytgan.

Şuningdek, Valeriy Solodçuk Birlaşgan taʼminot xizmati rahbari etib tayinlangan. U bungaça “Markaz” qöşinlar guruhiga qömondonlik qilgan. Solodçuk 2022 yilda Kiyev viloyatining Buça şahrida tinç aholining öldirilişiga aloqadorlikda ayblangan.

Bundan taşqari, Andrey Ivanayev “Markaz” qöşinlar guruhi qömondoni etib tayinlangan. U avval “Şarq” qöşinlar guruhini boşqargan. “Şarq” qöşinlar guruhi rahbari vazifasini esa general-mayor Pyotr Bolgarev vaqtinça bajaradigan bölgan.

“Bizda Mudofaa vazirligi tuzilmasini maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari va tajribasidan kelib çiqib takomillaştiriş işlari davom etmoqda”, degan Putin uşbu tayinlovlarga izoh berar ekan.

Putin bundan buyon Mudofaa vazirligining barça logistika xizmatlari 2025 yil noyabr oyidan boşlab general-polkovnik Aleksandr Sançik boşçiligida birlaştirilgan logistika xizmatlariga öxşaş “bitta pozitsiyada jamlanişini” eʼlon qilgan. Sançikning vazifalari ham özgargan. U endi qurol-yaroğ, harbiy va maxsus texnika buyurtmalarini taşkil qiliş hamda qöşinlarni texnik qöllab-quvvatlaş uçun javobgar böladi.


×