«Tolibon» harakati AQŞ va Rossiyaga tegişli bölgan harbiy vertolyotlarni qölga kiritişgan. Bu haqda bir qator xorijiy manba maʼlum qildi va tolibonlarning vertolyot mingan videolari internetga joylaştirildi.
Jangarilar narxi 6 mln. dollar AQŞning öşa maşhur «Qora qirğiy» (Blackhawk) nomli vertolyotini va Rossiyaning Mi-17 rusumli vertolyotini heç qanday jangsiz qölga kiritişgan.
Tolibonlar Qandahor uzra Mi-17 vertolyotlarida uçib ötişgan va ğalabani öziga xos tarzda nişonlaşgan. AQŞ samolyotlari ehtiyot qismlari yetarli bölmagani uçun hozirça uçolmayapti.
Sönggi maʼlumotlarga köra, «Tolibon» harakati poytaxt Kobul şahriga kirib bölgan va şahar ğarbidagi Kobul universitetini bosib olgan. Poytaxt tumanlaridan biriga öz bayroqlarini ilgan.









