Ukrainadagi uruşdan qaytgan Rossiya armiyasi harbiy xizmatçilari ikki yil içida kamida 107 nafar insonning hayotiga zomin bölib, yuzdan ziyod rus fuqarolariga jarohat yetkazgan. Bu haqda «Vyorstka» naşri yozdi.
Uşbu jinoyatlar rossiyalik 175 nafar harbiy xizmatçi tomonidan sodir etilgan bölib, ularning 91 nafari uruşga ketiş şarti bilan qamoqdan çiqarilganlar, 84 nafari köngillilar yoki RF armiyasi harbiy xizmatçilari.
Ukrainadagi uruş qatnaşçilari Rossiyaga qaytgaç, 2022-2023 yillarda kamida 84 ta jinoyatga qöl urgan, jumladan:
- 55 ta qotillik holati (RF JK 105-moddasi), şu jinoyatlarda jarohatlanganlar 76 nafar;
- 18 ta oğir tan jarohati yetkaziş holati (RF JK 111-moddasi), oqibatda 18 kişi vafot etgan;
- 9 ta yöl harakati qoidalarini buziş holati (RF JK 264-moddasi), 11 kişining ölimiga sabab bölgan;
- 2 ta giyohvand moddalarni isteʼmol qilişga jalb etiş holati (RF JK 230-moddasi), oqibatda voyaga yetmagan ikki nafar şaxs vafot etgan.
Qotilliklarga uruşdan qaytgan sobiq mahkumlar eng köp qöl urgani aytilmoqda. Tergovçilar 36 ta şunday jinoyatni qayd etişdi, jinoyatçilarning qurboniga aylanganlar soni 44 nafar. 19 ta qotillik holati uruşga köngilli bölib ketganlar yoki armiya harbiy xizmatçilari iştirokida bölib, ular Rossiyaning 32 nafar fuqarosi ölimiga sababçi bölişgan.









