Rossiya uruşda Eronga harbiy yordam berişi mumkin

Rossiya uruşda Eronga harbiy yordam berişi mumkin

Rossiya Eron-Isroil mojarosida Eron tomoniga harbiy yoki boşqa turdagi yordam körsatişi Tehronning qanday rasmiy sörov bilan murojaat qilişiga boğliq böladi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Kommersant” savoliga javoban maʼlum qildi.

Naşrga köra, Peskovdan Rossiya Eron tomoniga havo hujumidan mudofaa vositalari, jumladan, S-300 yoki S-400 tizimlarini yetkazib beriş imkoniyati haqida söralganda, u bu savolga bevosita javob bermagan.

“Barçasi eronlik döstlarimiz qanday masalani muhokamaga olib çiqişiga boğliq. Aynan bugun Eron Taşqi işlar vazirligi bilan aloqalar örnatiladi va keskinlik kuçaygan fonda tomonlar fikr almaşib, Eron tomoni vaziyat böyiça öz nuqtai nazarini bizga yetkazadi”, dedi Peskov Rossiyaning Eronga, jumladan harbiy kömak körsatiş rejalari haqidagi savolga javoban.

Bugun, 23 iyun kuni ertalab “Reuters”ning yuqori martabali manbaga tayanib xabar berişiça, Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyning maktubini topşirişi kutilmoqda. Mazkur maktubda Eronga kömak söralgan, biroq qanday turdagi yordam haqida gap ketayotgani yoki harbiy yordam söralganmi, bunga aniqlik kiritilmagan. 


Teglar:
×