Rossiya harbiylari bugun, 24 fevral kuni soat 5:00 larda Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi va Belarus bilan çegarasiga hujum qilgan. Bu haqda Ukraina davlat çegara xizmati xabar qildi.
Bu Lugansk, Sumi, Xarkov, Çernigov va Jitomir viloyatlarida sodir bölayotgani körsatilgan.
“Taxminan soat 05:00 da Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bilan hududdagi davlat çegarasi Belarus tomonidan qöllab-quvvatlangan rus qöşinlari tomonidan hujumga uçradi. Çegara bölinmalari, çegara otryadlari va nazorat-ötkaziş punktlariga hujumlar artilleriya, oğir texnika va öq otiş qurollaridan foydalangan holda amalga oşirilyapti.
Bu Lugansk, Sumi, Xarkov, Çernigov va Jitomir viloyatlarida sodir bölyapti. Bundan taşqari, Qrim avtonom respublikadan ham hujum bölyapti. Duşmanning sabotaj va razvedka guruhlari ham qayd etilgan. Çegara uçastkalaridagi vaziyatga qarab, çegaraçilar Ukraina Qurolli kuçlari va Ukraina Milliy gvardiyasi bilan birgalikda duşmanga qarata öt oçmoqda. Jarohatlangan çegaraçilar kelsak, maʼlumotlar aniqlanmoqda”, deyiladi çegara xizmati xabarida.









