Namanganda ajal oğusini pullovçi narkotarmoq aʼzolari uşlandi

Namanganda ajal oğusini pullovçi narkotarmoq aʼzolari uşlandi

Namangan va Toşkent viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 11,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXX, Içki işlar va Bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan köp bosqiçli tezkor-qidiruv tadbiri doirasida qöşni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Jumladan, Namangan şahri hududida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomobil töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan 1978 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan fuqaroga tegişli sellofan paketdan 944 gramm gaşiş moddasi topilgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida u mazkur giyohvandlik vositasini Namangan şahrida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan narkosavdogardan 9 900 AQŞ dollariga sotib olgani aniqlangan.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur şaxs ham uşlangan. Undan 9 200 AQŞ dollari hamda 18,4 million söm pul aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şuningdek, tezkor tadbirning keyingi bosqiçida ularga ajal oğusini yetkazib berib turgan andijonlik, 1987 va 1998 yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs ketayotgan Lacetti rusumli avtomobildan 9 kilogramm 801 gramm gaşiş musodara qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda Toşkent viloyatida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa muqaddam narkokurerlar tomonidan Bekobod şahrida “zakladka” usulida yaşirib ketilgan 977 gramm gaşiş moddasini qabul qilib olayotgan paytda 1985 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro uşlangan.

Bildirilişiça, har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×