10 nafar şaxs tahdid va kuç işlatiş yöli bilan pul mablağlarini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş bilan şuğullangan.
Toşkent şahar IIBB xabariga köra, Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan JKning 165-moddasi 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik) bilan qözğatilgan jinoyat işi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat işi doirasida ötkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir neçta şaxslar gumonlanib uşlandi.
Jumladan,
1. 1983 yilda tuğilgan Mirxojayev Mirsolix Mirkamoloviç (165-modda 2-qismi, köp miqdorda tovlamaçilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik);
2. 1995 yilda tuğilgan Şomurodov Laziz Yunus öğli (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik);
3. 1980 yilda tuğilgan Samiyev Şerzod Latifoviç (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik);
4. 1991 yilda tuğilgan Akramov Akramjon Davlatboy öğli (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik);
5. 1996 yilda tuğilgan Aliyev Azizjon Vali öğli (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik);
6. 1995 yilda tuğilgan Bobonazarov Ravşan Abdurahmon öğli (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik);
7. 1995 yilda tuğilgan Möminov Baxruz Xolmurod öğli (165-modda 3-qismi, juda köp miqdorda tovlamaçilik);
8. 1986 yilda tuğilgan Yuldaşev Anvar Baxtiyoroviç (277-modda 2-qismi, bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik);
9. 1988 yilda tuğilgan Umirzoqov Dilşod Böribayeviç (277-modda 2-qismi, bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik);
10. 1994 yilda tuğilgan Usmanov Sirojiddin Inomjon öğli (277-modda 2-qismi, bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik).
Uşbu şaxslar tahdid va kuç işlatiş yöli bilan pul mablağlarini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş bilan şuğullangan.
Jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz uşbu şaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr körgan bölsangiz yoki uşbu şaxslarning jinoiy xatti-harakatlari böyiça maʼlumotlarga ega bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.



















