Terrorçilik xavfi saqlanib qolayotgan va xarbiy töqnaşuvlar yuz berayotgan Afğoniston, Suriya va Iroq xududlaridagi jangovar harakatlarda fuqarolarimiz ham iştirok etib kelayotgani sababli, respublikamiz huquq tartibot idoralari va maxsus xizmatlari tomonidan Özbekistonga nisbatan ehtimoliy terrorçilik xurujlarini aniqlaş va oldini olişga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, 2022 yilda «Islom davlati» (ID) va «Tavxid va jixod katibasi» (TJK) xalqaro terrorçilik taşkilotlari (uşbu taşkilotlar faoliyati Özbekiston, RF, AQŞ va köplab Yevropa davlatlari hududida taqiqlangan) jangarilariga aloqador 4 ta yaşirin guruh, yakka tartibda radikallaşib, ekstremistik taşkilot va oqimlar ğoyalarini tarğib qilib kelgan 10 ta “virtual” guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh aʼzolari aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi.
Mazkur şaxslar yaşab turgan manzillarida ekstremistik va terrorçilik taşkilotlarining ğoyalarini tarğib qiliş, yangi rekrutlarni (nomzodlar) yollab jangarilar lagerlariga yuboriş, terrorizmni moliyalaştiriş hamda qöporuvçilik harakatlarini sodir etişga undaş bilan şuğullanib kelganlar.
Xususan, 2022 yilning boşida Toşkent şahrida 27 nafar şaxsdan iborat yaşirin ekstremistik guruh faoliyatiga çek qöyilgan bölib, guruhning ayrim aʼzolari jangovar harakatlar yuz berayotgan hududlarga borişni rejalaştirgan va xalqaro terrorçilik guruhlarini moliyalaştiriş bilan şuğullanib kelganlar. Hozirgi vaqtda IIV Tergov Departamenti tomonidan uşbu gurhning 11 nafar aʼzolariga nisbatan JKning 216, 2441 va 2442 -moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, Toşkent viloyatida yaşovçi, 2001 y.t. «A.Ş.» qölga olinib, u Suriya hududidagi faoliyat olib borayotgan «TJK» xalqaro terrorçilik taşkiloti ğoyaviy rahnamosi A.Xamrabuvayevning (taxallusi «Axluddin Navkotiy», Kirğiziston fuqarosi) körsatmasi asosida, Toşkent şahrida yaşovçi 9 nafar şaxslardan iborat yaşirin jamoat taşkil etgan bölib, ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qöşilişni rejalaştirgan.

.jpg)
Şuningdek, Toşkent şahrida yaşovçi, 18-27 yoş oraliğidagi, ayrimlari maktab öquvçilari hisoblangan 10 nafar şaxslardan iborat “TJK”ning 2 ta yaşirin guruhi aniqlangan. Uşbu guruhlar faoliyati «KTJ» ning Suriyadagi masʼullaridan biri «Abu Axmad uzbekiy» tomonidan boşqarilgan bölib, guruh aʼzolari poytaxtdagi maʼmuriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qöporuvçilik harakatlari sodir etişni rejalaştirganlar hamda terrorçilik taşkilotlari faoliyatini moliyalaştirib kelişgan.
Keçiktirib bölmaydigan tezkor-tergov tadbirlar natijasida guruh aʼzolaridan qölbola portlovçi qurilma tarkibiy qismlari va niqoblovçi buyumlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | |
| Niqoblovçi buyumlar va portlovçi qurilma qismlari |
Guruh aʼzolariga nisbatan IIV Tergov Departamenti tomonidan JKning 155, 2441 va 2442-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şu bilan birga, Suriyada terrorçilik taşkilotlari safida bölib, qidiruvda bölgan quyidagi şaxslarning ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar orqali özlarining Özbekistondagi qarindoşlari va yaqin aloqalari orasida yollov işlarini olib borib, ularni terrorçilik lagerlariga çiqişga çorlab kelayotganligi aniqlanib, noqonuniy harakatlariga barham berildi:
![]() | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
| Abdullox Toşkondiy | Salim | Saidamin | Ubaydullox | Jafar uzbekiy |
![]() | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
| Ibroxim | Riyokor | Istam | Muxammad | Uxid |
2022 yilda xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlik natijasida, qidiruvda bölgan 59 nafar jangarilar va terrorçi-ekstremistik taşkilotlar tarafdorlari qölga olinib, Özbekistonga deportatsiya qilingan. Uşbu şaxslar çet davlatlarda terrorçilik taşkilotlar safiga yollangan bölib, ularning faoliyatni moliyalaştiriş, Suriyadagi jangarilar lagerlariga nomzodlarni yollaş va yuboriş bilan şuğullangan. Şunigdek, ayrimlari Özbekistonda va özlari bölib turgan mamlakatlar hududida qöporuvçilik harakatlarini sodir etişni rejalaştirib kelganlar.
Jumladan, 2022 yilning aprel oyida farğonalik, 1995 y.t. “X.K.” RF hududida qölga olinib, Özbekistonga ekstraditsiya qilingan. Uşbu şaxs 2014-2015 yillarda Suriyadagi “TJK” terrorçilik taşkiloti safida jangovar-qöporovçilik tayyorgarligidan ötib, Rossiya hududida yaşirin guruhlar yaratiş, terrorçilik tuzilmalarni moliyalaştiriş kanallarini yölga qöyiş uçun taşkilot yetakçilari “Ş.Ş.” va “K.Ş.” tomonidan yuborilgan. “X.K.”ga nisbatan JKning 2442 va 1553-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Körilgan çoralar natijasida, “TJK”ning qidiruvda bölgan Turkiyagadagi jangarisi – Samarqand viloyatidan bölgan, 1998 y.t. “B.D.”ning RFning Moskva va Sankt-Peterburg şaharlarida seriyali qator terrorçilik xurujlarini amalga oşirişga qaratilgan harakatlariga çek qöyilgan. Unga nisbatan JKning 1552, 223, 2441 va 2442-moddalari bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, 1999 y.t. “S.X.” RF hududida qölga olinib, Özbekistonga olib kelingan. Maʼlum bölişiça, u Internet orqali Suriyadagi “Xayat Taxrir aş-Şom” xalqaro terrorçilik taşkiloti jangarilari safiga yollanib, qölbola usulda portlovçi qörilmalarni yasaş böyça öquvdan ötgan va Özbekistonda qaytganidan söng qöporuvçilik harakatlari amalga oşirişni rejalaştirgan. Unga nisbatan JKning 2441, 155H va 248-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
![]() | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
| «X.K.» | «Ş.Ş.» | «K.Ş.» | «B.D.» | «S.X.» |
Bundan taşqari, joriy yilda “Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik taşkilotining Toşkent şahri va viloyatida yaşovçi 5 nafar, muqaddam jazo ötab ozodlikka çiqqan 10 nafar aʼzolarining noqonuniy faoliyatiga çek qöyilgan bölib, ular Internet orqali taşkilotning ğoyaviy rahnamolaridan biri A.Xoldarovning («Maxmud Abdulmömin», Qirgiziston fuqarosi, Ruminiyada yaşirinib kelmoqda.) yollovi taʼsiriga tuşib, özlarining maslakdoşlaridan iborat yaşirin guruh tuzganlar.

Şuningdek, Toşkent şahri va viloyati hududida talonçilik, tovlamaçilik, öğirlik va bosqinçilik bilan şuğullanib kelgan 8 ta uyuşgan jinoiy guruhning faoliyatiga barxam berilgan bölib, ular terrorçilik taşkilotlarining ğoyaviy taʼsiriga tuşib, noqonuniy topilgan daromadlaridan ekstremizmni moliyalaştirib kelganlar. Ayrimlari terrorçilar lagerlariga çiqib ketişga tayyorgarlik körganlar.
Xususan, 2021 yilda Toşkent şahridagi “Texno olam” (“Malika”) savdo majmuasida tizimli ravişda mobil telefonlar öğirlaş, firibgarlik, talonçilik jinoyatlari sodir etib, hududdagi qöriqlaş xizmati xodimlariga tan jarohati yetkaziş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov davomida boşqa jinoyatlarga dahldor 50 dan ortiq aloqalari aniqlandi va ularga nisbatan profilaktik va maʼmuriy taʼsir çoralari qöllanildi.
Taʼkidlaş joizki, yuqorida keltirilgan ekstremistik, terrorçilik va uyuşgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga çek qöyişga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlarining barçasi amaldagi qonunçilik normalariga qatʼiy rioya qilgan holda, prokuratura idoralarining nazorati ostida ötkazilgan.
Eʼtiborlisi şundaki, jinoyatçilarni qölga oliş va huquq-tartibot idoralariga keltiriş vaqtida ularning barçasi umumiy, deyarli öxşaş taşqi körinişga ega ekanligi, xususan, terrorçilik taşkilotlari jangarilariga taqlid qilgan holda betartib, uzun soqol qöyib yurganliklari aniqlangan.
Biroq, Internetning özbek segmentidagi ayrim blogerlar öz reytingini oşiriş va obunaçilari sonini köpaytiriş maqsadida “baxsli” reportajlar tayyorlab, huquq-tartibot idoralarining ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşişga qaratilgan qonuniy harakatlarini göyoki, “dindorlarga nisbatan hujum” sifatila teskari talqin qilmoqdalar.
Eslatib ötiş joizki, Özbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlat bölib, qonunçilik asosini konstitutsiya taşkil etuvçi tizimga köra, inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, şaxsning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi va xalq hokimiyatning yagona tayançi hisoblanadi.
Huquqiy davlatning asosiy printsiplaridan biri hisoblanuvçi qonun ustuvorligini taʼminlaşda davlat va fuqarolar teng ravişda javobgar hisoblanadi. Barça rivojlangan huquqiy davlatlar singari, qonunlarni buzganlik uçun siyosiy, diniy, ğoyaviy qaraşlari, millati va irqidan qatʼiy nazar har qanday şaxs amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Qayd etiş lozimki, ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda gumonlangan şaxslarning noqonuniy harakatlari uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilişi ularning taşqi körinişlari bilan boğliq emas.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari özining Vatan va xalq oldidagi burçini bajarişga bundan keyin ham sodiq qolib, qonunlarni buzgan şaxslarning har qanday noqonuniy faoliyatiga qarşi kuraşni davom ettiradilar.





























