AQŞ–Meksika çegarasida «ajal qopqoni» örnatildi

AQŞ–Meksika çegarasida «ajal qopqoni» örnatildi

AQŞ–Meksika çegarasida, Rio-Grande daryosida noqonuniy muhojirlarga qarşi suzuvçi tösiqlar joylaştirildi. Texas ştati maʼmuriyati tomonidan öylab topilgan bu moslama «ajal qopqoni» deya tanqid qilinmoqda.

Boçkalardan iborat uzun moslama çegarani suv orqali noqonuniy kesib ötuvçilar yölini tösişga möljallangan. Boçkalar orasida ötkir tiğ – arralar örnatilgan. Şunga köra jamoatçilik bu migrantlarni töxtatiş emas, balki öldiriş maqsadida öylab topilgan moslama ekanini aytmoqda. Xususan, AQŞ–Meksika çegarasiga borgan kongressvumen Silviya Garsiya Texas maʼmuriyatining bu xatti-harakatini qoralagan.

Suzuvçi tösiqlar allaqaçon bir neça muhojir hayotiga zomin bölgan.

«Ajal qopqoni» jamoat xavfsizligiga tahdid solmoqda deb hisoblagan AQŞ adliya vazirligi Texas ştati gubernatori Greg Ebbott ustidan sudga murojaat qilgan.

AQŞ–Meksika çegarasida muhojirlar bilan boğliq fojialar köp kuzatiladi. Masalan, joriy yil mart oyida muhojirlarni saqlaş markazida röy bergan yonğinda önlab odam halok bölgan.

Keyingi vaqtlarda Özbekiston fuqarolarining AQŞga Meksika orqali qinğir yöllar bilan kirişga urinişi holatlari ham kuzatilmoqda.

AQŞning Özbekistondagi elçixonasi Meksika çegarasi orqali noqonuniy kirişga uriniş xatarli ekanidan ogohlantirgan.


×