Farğonada «Hizb ut-Tahrir» aʼzolari uşlandi

Farğonada «Hizb ut-Tahrir» aʼzolari uşlandi

2020 yilning may oyida Farğona viloyatida istiqomat qiluvçi Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taʼqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» terrorçilik taşkilotini bir guruh aʼzolarining jinoiy faoliyatiga çek qöyildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, maʼlumotlarga köra ular muqaddam «Hizb ut-Tahrir» taşkilotiga aʼzo bölganliklari uçun jazo muddatini ötab çiqqan bölib, ularga körsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy kömakka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida «Hizb ut-Tahrir» ğoyalarini va adabiyotlarini tarqatiş, muqaddam jazo muddatini ötab çiqqan «tahrirçilar»ni jinoyatga jalb qiliş orqali taşkilot safini kengaytirişga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etişgan.

Hibsga olingan şaxslarning yaşaş manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar iştirokida rasmiylaştirilib olib qöyilgan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, ularning Andijon, Farğona, Namangan, Toşkent, Surxondaryo viloyatlari va Toşkent şahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlaş va tergov harakatlariga jalb qilişga qaratilgan suriştiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda, deyiladi xabarda.

×