27 iyul kuni Şveytsariya sudi Lombard Odier xususiy bankini pul yuvişning oldini ololmagani uçun 3 million şveytsariya franki (3,68 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi, ammo Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan sud jarayonini töxtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Şveytsariya prokurorlari Karimovani pora olişda hamda 2005 va 2013 yillar oraliğida Şveytsariyadagi bank hisob raqamlariga yuzlab million dollar ötkazgan “Ofis” deb nomlangan jinoiy taşkilotni boşqarişda ayblagan edi.
Jenevada joylaşgan Lombard Odier va uning sobiq xodimi Karimovaning ehtimoliy jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni yaşirişga imkon yaratganlikda ayblangan. Sud jarayoni joriy yil aprel oyida boşlangan edi.
Gulnora Karimovaning 43,5 mln dollar puli nimaga sarflanişi aytildi
Sud öz bayonotida Lombard Odier bankini pul yuvişning oldini oliş uçun “barça oqilona va zarur taşkiliy çoralarni körmagani” uçun jarimaga tortganini hamda 400 million frankdan ortiq aktivlarni musodara qiliş haqida qaror çiqarganini maʼlum qilgan.
Sud Lombard Odier bankining faqat “C.” ismi bilan körsatilgan sobiq hisob-kitob menejeriga 24 oylik şartli qamoq jazosini tayinlagan.
Lombard Odier bayonotiga köra, uşbu iş bankning özi 2012 yilda Şveytsariya rasmiylariga şubhali holatlar haqida xabar berganidan söng boşlangan. Bank öşa vaqtda mustahkam içki nazorat va pul yuvişga qarşi tartib-qoidalarga ega bölganini maʼlum qilgan va sud qarori ustidan şikoyat qilişini bildirgan.
“Reuters”ning yozişiça, Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimovning 54 yoşli qizi Karimova har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni rad etgan.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda Karimovaga nisbatan 2013 yilda özlaştiriş va soliq tölaşdan böyin tovlaş böyiça ikkita jinoyat işi qözğatilgan. 2015 yilda birinçi iş böyiça unga beş yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi berilgan, 2017 yilda esa ikkinçi iş böyiça 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan taşqari, 2020 yil mart oyida Toşkent şahar sudi Gulnora Karimovani til biriktiriş, tovlamaçilik, özlaştiriş, talon-toroj qiliş, pul yuviş va boşqa jinoyatlarda ayblab, 13 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Birinçi prezidentning qizi dastlab Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli koloniyada jazo ötagan. 2025 yil yanvar oyida uning aynan şu viloyatdagi manzil-koloniyaga ötkazilgani maʼlum böldi.










