Özbekiston Birinçi Prezidentining tönğiç qizi Gulnora Karimova Prezident Şavkat Mirziyoyevga xat bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz». Xabar berişlariça, xat matni Karimova xonimning qizi Imon tomonidan uning Instagram’dagi sahifasida eʼlon qilingan.
Gulnora Karimova öz xatida jinoiy işlar bilan taʼqib qiliş töxtatilişi evaziga Şveytsariyada muzlatib qöyilgan 686 million dollar miqdoridagi mablağga daʼvodan voz keçişga tayyorligini bildirgan.
«Oila va salomatlikni saqlab qoliş uçun, töğri şaroitlarda, oilamiz ixtiyorida qolgan yagona va Şveytsariyada muzlatib qöyilgan 686 million dollar miqdoridagi pul mablağlariga bölgan har qanday daʼvodan, «işni yopişning soddalaştirilgan jarayoni», yaʼni, oçiq sudsiz, davlat foydasiga taqdim etiş orqali voz keçişga tayyorman», — deyiladi maktubda.
Gulnora Karimovaning taʼkidlaşiça, u 131 million dollar miqdoridagi mablağga bölgan protestni qaytarib olib, bu işni qisman bajarib bölgan — bu pullar Şveytsariya prokuraturasi qaroriga muvofiq Özbekistonga qaytarilişi kerak.
«Oliy sud, jarayon boşlanganiga qaramay, har qanday murojaatni şunçaki rad etmoqda, boz ustiga şu vaqtga qadar menga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari menga taqdim etilmadi va men heç qaçon ularni tanişib çiqib imzolamaganman», — deyiladi xatda.
Karimovaning fikriça, unga nisbatan jazo muddatlari, xususan, uy qamoği davri ötab bölingan. «Hatto qamoq va koloniyada ötkazilgan muddatni körib çiqqanda ham, insonparvarlik hujjatlari (2013 va 2016 yilgi amnistiyalar)ni qöllamaganda ham, bir neça oylik jazo muddati qolgan, xolos», — deyiladi xatda. Muallifning qayd etişiça, u 2014 yil fevral oyida qölga olingan.
Gulnora Karimovaning fikriça, «uşbu masalaga töğri yondaşilsa, bundan davlat ham yutişi mumkin va yetarli darajada katta mablağlarlar gumanitar loyihalar (tibbiyot, taʼlim va boşqalar)ga yönaltirilişi mumkin».
Özbekiston Boş prokuraturasi 2017 yil iyulida Gulnora Karimovaga 2015 yil avgustida beş yilga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanganini maʼlum qilgan edi. Öşa vaqtda unga nisbatan boşqa jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etayotgan edi. Ikki jinoyat işi böyiça davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zarar 3,7 trillion sömga baholangan edi.
Gulnora Karimova 2019 yil martidan beri Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan umumiy tartibdagi 21-son koloniyada saqlanmoqda. Unga nisbatan yana bir neça jinoyat işlari oçilgan, jumladan, u talon-toroj qiliş va davlatga zarar yetkazişda ayblanmoqda.
2019 yil oxirida Boş prokuratura Gulnora Karimovaning 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi daromadlarini qaytariş masalasida AQŞ, Şveytsariya, Frantsiya, Rossiya va Latviya bilan birgalikda iş olib borayotganini maʼlum qilgan edi; alohida mamlakatlarda uşbu mablağlar böyiça ham jinoyat işlari oçilgan.









