Advokat: «Gulnora Karimova qamoqxonadan tez yordam maşinasida olib ketildi»

Advokat: «Gulnora Karimova qamoqxonadan tez yordam maşinasida olib ketildi»

Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja özining tvitterdagi sahifasida mijozi qamoqxonadan tez yordam maşinasida olib çiqib ketilganini maʼlum qildi.

Advokatning yozişiça, u Gulnora Karimova bilan uçraşiş uçun Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasiga kelgan. Içkariga kiriş uçun ruxsat berişlarini kutib turgan vaqtda koloniyadan bir neçta tez yordam maşinalari çiqib ketgan.

Greguar Manjaning taʼkidlaşiça, avtomobillardan birida Gulnora Karimova bölgan. Advokat bu haqda «işonçli manbalar»dan maʼlumot olganini yozib ötgan.

×