Buyuk Britaniya Boş vaziri Boris Jonsonning saylovoldi kampaniyasiga hissa qöşgan atoqli donor Yevropa tarixidagi eng yirik mojarolardan biriga aralaşgan. U Telia kompaniyasining Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlaridagi faoliyatida offşor bitimlarni tuziş va amalga oşirişda ayblanmoqda. Bu kelişuvlarni tuzişda Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning qöli bor. Bu haqda BBC tadqiqot guruhi xabar qildi.
Muhammad Amersi 2018 yildan beri Britaniyaning Konservatorlar partiyasiga 525 000 funt sterling xayriya qilgan.
Sizib çiqqan hujjatlar uning qanday qilib Şvetsiya telekommunikatsiya şirkati uçun bir qator ziddiyatli kelişuvlarni amalga oşirganini ham oşkor qiladi. Uşbu şirkat keyinçalik AQŞ tarafidan 965 million dollarlik jarimaga tortilgan. Şunga qaramay, Amersi ayblovlarni rad etadi.
61 yoşli advokat 2007-2013 yillari Telia şirkati uçun maslahatçilik qilgan.
BBC Panorama guruhi Tadqiqotçi jurnalistlar xalqaro konsortsiumi hamda “The Guardian” naşri bilan birga tekşiruv olib borib, Muhammad Amersi 2010 yili ofşor şirkatga 220 million dollar tölov ötkaziş kabi ziddiyatli jarayonda iştirok etgani haqidagi hujjatlarni qölga kiritdi.
Qayd etilişiça, bu şirkatni öşa paytdagi Özbekiston Prezidentining qizi Gulnora Karimova nazorat qilgan. Uşbu tölovni esa AQŞ hukumati “220 million dollarlik pora” deb atagandi.
Amersining advokatlariga köra, ofşor şirkat Telia tarafidan “tekşirilgan va maʼqullangan” bölgan va şu bois u heç qanday xavotir uyğotmagan.

Britaniya: Donor pulni qayerdan olgan?
Janob Amersi boyligining manbalari qayerda degan savollar aynan Mançesterda Britaniya Konservatorlar partiyasining yillik anjumani ötadigan pallaga töğri kelgan.
U 2019 yilgi saylovlar uçun 100 ming funt sterling va Boş vazirlik kampaniyasiga 10 ming funt sterling hadya qilgan.
Janob Amersining Rossiyada tuğilgan partnyori Nadejda Rodiçeva ham 2017-2018 yillar davomida Britaniya Konservatorlar partiyasiga 250 ming dollardan köproq pul tuhfa qilgan.
Siyosiy qonunçilik böyiça tahlilçi Gevin Millarning fikriça, Konseratorlar partiyasi bu pullarni qaytargani tuzuk.
“Menimça, ular pullarni qaytarib berişi kerak… agar donor borasida jiddiy savollar söralayotgan bölsa”, deydi u.
Lekin tahlilçining qöşimça qilişiça, “ular pullarni qaytariş masʼuliyati ostida emas va biron qonun yoki yöriqnoma ularni bunga majburlay olmaydi”.
Ötgan yillar davomida Britaniyadagi boşqa asosiy siyosiy partiyalar – Leyboristlar va Liberal-demokratlar ham (hadya qilingan) pullarni qaytariş çaqiriqlariga yuz tutişgandi.
Ayni damda donorlar uçun faqat Buyuk Britaniya saylov reyestrida böliş yetarli. Partiyalar buni tekşirgaç, istagança mablağni qabul qilaverişlari mumkin.
Sönggi oylarda Muhammad Amersi katta pul evaziga Britaniya Boş vaziri va Moliya vaziri bilan muntazam tarzda uçraşib kelgan donorlar qatorida tilga olinmoqda.
Yangi hujjatlar: Pandora Papers
Janob Amersining nomi esa sizib çiqqan 12 millionga yaqin hujjatda uçraydi, ayni hujjatlar esa Pandora Papers deb ataladi.
Hujjatlar Britaniya Virgin orollari, Panama va Singapurdagi ofşor moliyaviy şirkatlar qanday işlaşlari tafsilotlarini körsatadi.
Sizib çiqqan hujjatlarda Britaniya sobiq Boş vaziri Toni Bler va uning rafiqasi Çeri aynan ofşor kelişuvlarni işga solib, 6,45 million funt sterlingga köçmas mulk sotib olişgani va şu asno 312 ming dollar mulk soliği tölaşdan qutulib qolişgani haqida ham yozilgan.
Hujjatlarga binoan, Muhammad Amersi maxfiy ofşor şirkatlarni işga solib, Britaniyada ikkita (Meyfeyr va Glosterşirda) köçmas mulk sotib oladi.
Gulnora Karimova va Amersi
BBC va media hamkorlari olib borgan tekşiruvlarning körsatişiça, Muhammad Amersi Gibraltarda joylaşgan şirkatga 220 million dollar tölaş böyiça muzokaralarda ham iştirok etgan.
Bu şirkatga esa Özbekistonning öşa paytdagi Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ofşor kompaniya orqali maxfiy tarzda egalik qilgan.

Telia öz şirkatlaridan birining hissalarini 2007 yili unga bergan. Oradan uç yil ötib esa uşbu hissalarning aksarini özi yana 220 million dollarga sotib olgan.
Ayni harakat böyiça qözğatilgan jinoiy işda AQŞ hukumati bu usulni Özbekistonda telekommunikatsiya biznesini yuritiş uçun "pora beriş" deb atagan. Telia öşa paytda Özbekistondagi faoliyati uçun yangi ruxsatnoma olişga intilayotgan bölgan.
Qoralov tarafiga köra, pop-yulduz va BMTda elçi bölgan Gulnora Karimova Özbekistonda “taʼsirga” ega edi. Ayni harakat AQŞ Adliya vazirligi tarafidan Telia şirkati va uning baʼzi mulozimlariga qarşi qözğatilgan işning bir qismi sifatida köriladi.
Uşbu jarayon 2017 yili tugagan va mahkamaga yetib bormagan. Sababi - Telia şirkati aksilkorruptsiya qonunlarini buzganini tan olgan va 965 million dollar jarima tölaşga rozilik bergan.
Şvetsiyada Telia şirkati mulozimlari Gulnora Karimova bilan oldi-berdi işlari böyiça ayblangan, ammo bu mamlakatning poraxörlikka oid qonunlari uşbu holatda tadbiq etilmasligi uçun ular oqlanganlar.
Muhammad Amersi kim?
Britaniya fuqarosi. Keniyada tuğilgan. Asli kelib çiqişi Eron va Hindistondan. Britaniyada taʼlim olgan. Şeffild va Kembridj universitetlarida tabbiyot hamda huquqşunoslikka öqigan.
Öz xayriya jamğarmasi veb-sahifasida "global kommunikatsiyada atoqli işbilarmon, filantrop va ğoyalar lideri" deb ataladi. Öz nutqlarida korruptsiyaga qarşi gapirgan.
Yaqinda Britaniya Konservatorlar partiyasining Yaqin Şarqdagi aloqalarini kuçaytirişga yordam beruvçi guruh taşkil etgani uçun ayrim konservatorlar qarşiligiga duç kelgan.

Amersining pora işiga aloqasi qanday?
BBC qölga kiritgan dalillarga muvofiq, Muhammad Amersi Telia şirkatining boşqa kelişuvlariga ham aralaşgan.
Şirkat içki hisobotlaridan sizib çiqqan hujjatlar Janob Falonçi Pistonçi nomli (Mr XY) maslahatçining faoliyatini tasvirlaydi va olti yil davomida unga 65 million dollardan köproq pul tölanganini taʼkidlaydi.
Uşbu tölovlar orasida oyida örtaça 100-200 ming dollarlik “dabdabali korporativ köngilxuşliklar” ham bor, ammo ular uçun ketgan sarf-xarajatlar kvitantsiyalari yöq.
Hisobotda urğulanişiça, maslahatçiga tölangan mablağlarning baʼzilari “qonuniy imtiyozlardan nomaqbul foydalaniş hamda tranzaktsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oşirişga erişiş uçun işlatilgan”.
Telia şirkatining sobiq ijroiya rahbari Mikaela Alberg (u aynan şirkatni tozalaş uçun tayinlangandi) BBC bilan suhbatda hisobotdagi nomi oçiqlanmagan maslahatçi aynan Muhammad Amersi ekanligini aytgan.
“Uning atrofidagi odamlar, unga işonganlar va unga quloq tutadiganlar uning faoliyati va boyligi borasida tuşunçaga ega bölişlari muhim”, degan Alberg.
Qayd etilişiça, Muhammad Amersi 2014 yili Telia yillik uçraşuvida eslatilgan “maslahatçi” bölgan va Yevroosiyodagi baʼzi tranzaktsiyalar ortidan şirkat bilan örtasidagi kelişuvlari "töxtatilgan".
Öşandan beri Telia şirkati Markaziy Osiyodan çiqib ketdi va u yerdagi bizneslarini sotdi.
Hozirda Skandinaviya hamda Şimoliy Yevropadagi faoliyatiga urğu bermoqda va korporativ boşqaruvda özgarişlar qilgan. Endilikda oçiqlik va şaffoflikka eʼtibor qaratişini aytmoqda.
Janob Amersining advokatlari esa uning şartnomasi töxtatilganini “butkul soxta” deb ataşmoqda.
Ularga köra, u şirkat rahbarlari bilan birga yuqori martabali siyosatçilarni uçratgan, ammo "faqat muayyan şaxslar bilan iş olib borgan va u insonlar asosiy taşkilotlardagi siyosatdonlar bölişmagan".
Himoyaçilarning aytişiça, uning gonorar va çiqimlari ayni sohadagi amallarga töliq mos bölgan va şirkat muntazam tarzda kvitantsiyalarni körsatişni talab qilmagan.
“Bizning mijozimiz normativ imtiyozlarni qölga kiritiş va telekommunikatsiya şartnomalariga erişiş uçun Telia şirkati uçun kanal vazifasini ötagani haqidagi ayblovlar mutlaqo uydirma”, deyişgan uning advokatlari.
Pandora Papers – sizib çiqqan 12 millionga yaqin hujjat bölib, ular dunyo rahbarlari, siyosatçilar va milliarderlarning maxfiy boyliklari hamda yaşirin kelişuvlarini oşkor etadi.
AQŞda Tadqiqotçi jurnalistlar xalqaro konsortsiumi qölga kiritgan maʼlumotlar eng yirik global tekşiruvlarga yetakladi.
Dunyoning 117 mamlakatidagi 600 nafardan köproq jurnalist yer yuzidagi eng qudratli insonlarning yaşirin boyliklari bilan tanişa olişdi.









