Toşkent şahrining Sergeli tumanida Telegram orqali giyohvandlik vositalarini tarqatiş bilan şuğullanganlikda gumon qilingan şaxs qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, tezkor tadbir davomida Dilşod ismli fuqaro töxtatilib tekşirilganda uning mobil telefonida giyohvandlik vositalarini tarqatiş uçun foydalanib kelingan Telegram guruhi aniqlangan. Maʼlum bölişiça, uşbu guruh orqali şaharning turli hududlariga yaşirib qöyilgan qora rangli izolenta bilan öralgan 12 ta öram aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari, gumonlanuvçining yonidan ikki dona polietilen paketga öralgan ötkir hidli oq rangli kukunsimon modda hamda qora izolenta örami topilgan. Mazkur moddalar va mobil telefon daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilgan.
Dastlabki suriştiruvlarda gumonlanuvçi jinoiy faoliyatdan olingan qariyb 50 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağni noqonuniy kriptoaktivlar orqali aylantirgani ham aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) hamda 278 prim 8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan esa qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.









