Sintetik narkotik tayyorlanadigan laboratoriya aniqlandi

Sintetik narkotik tayyorlanadigan laboratoriya aniqlandi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni tunda Toşkent şahar IIBBga Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida sintetik narkotik vositalari tayyorlanayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanidagi xonadonlarning birida “Tezlik” nomi ostida sintetik modda işlab çiqariş va tarqatişni yölga qöygan 18 yoşli Timur uşlangan.

Timurning aytişiça, u xonadonni 2 oy oldin 400 dollarga ijaraga olgan va bu yerda Qozoğistondan keltirilgan eritmalarni qaynatib, sovutgan. Keyin ularni turli idişlarga solib boşqa belgilangan joylarga olib borib yaşirgan. Ularni tegişli odamlar olib ketgan.

Yigit buyurtmaçilar bilan Telegram orqali muloqot qilgan. 2 oy davomida taxminan 7 litr xomaşyodan sintektik narkotik vositalari tayyorlagan.

×